So’nggi yangiliklar

14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8

Markaziy Osiyo Superligasi yoxud o'zbekcha utopiya Yangiliklar

Markaziy Osiyo Superligasi yoxud o'zbekcha utopiya

Bir necha soatdirki, futbol ommasi Evropa Superligasi atrofidagi mojarolarni muhokama qilmoqda.

Ochig'i, men uchun juda g'alati voqea bo'ldi. Uxlashimdan oldin Evropa CHempionlar Ligasi futbol olamining eng obro'li va serdaromad musobaqasi edi. Uyg'onsam, "pistaning po'chog'i"ga aylanib qolibdi. Bu haqda dastlabki mish-mishlar tarqalganda utopiyaga yo'yganlar hozir o'tirishga joy topolmayapti. Bundan futbol yutadi yoki yutqazadi, bilmayman. Voqealar rivojining keyingi qismini oldindan taxmin qilmoqchi emasman. Menga ko'proq o'zbek futboli yoqadi...
Ancha oldin "Facebook"da CAFAning muntazam chempionatini ko'rishni orzu qilishim haqida yozgandim. Fursat tug'ilganida shu mavzuga batafsilroq to'xtalishga qaror qildim.
CAFA — bu Markaziy Osiyo Futbol Federaciyasi. Uning tarkibida Afg'oniston, Eron, Turkmaniston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Tojikiston futbol federaciyalari bor. Orzu qilardimki, shu mamlakatlarning eng kuchli jamoalari bitta musobaqa ostida birlashsa. Deylik, turnirda mazkur klublar qatnashadi.

O'zbekiston:
1. "Paxtakor"
2. "So'g'diyona"
3. "Nasaf"

Eron:
4. "Persepolis"
5. "Sepaxon"
6. "Istiqlol" (Tehron)
7. "Fulad"

Tojikiston
8. "Istiqlol" (Dushanbe)
9. "Xo'jand"

Turkmaniston:
10. "Oltin Asr"
11. "Axal"

Qirg'iziston:
12. "Dordoy
13. "Neftchi"

Afg'oniston:
14. "To'fon Xerrirud"

CAFA muntazam chempionati OCHL yoki OFK kubogiga muqobil bo'lmaydi, aksincha mazkur musobaqalarga yo'llanma beradi. Markaziy Osiyo Futbol Federaciyasiga azo mamlakatlarning milliy birinchiliklari 2-divizionlarga aylantiriladi va odatiy tartibda davom etaveradi. Masalan, Qarshining "Nasaf" jamoasi CAFA chempionatini yutgan mavsumda "Navbahor" O'zbekiston chempionligini tantana qilishi mumkin. Bunda Namangan jamoasi OCHLga emas, CAFA birinchiligiga yo'llanma oladi va qita miqyosidagi turnirda ishtirok etish uchun yana bir mavsum yuqori divizionda kurashishi kerak bo'ladi. CAFA chempionatida eng past natija qayd etgan o'zbek klubi esa avtomatik ravishda quyi divizionga tushib, "Navbahor"ning o'rnini to'ldiradi.

Bu g'oya bizga nima beradi?
Avvalo, ajoyib futbol muhiti. Muxlislar yana stadionlarga qaytadi. O'zbekiston chempionati bahslariga nisbatan xalqaro jamoalar yurtimizga tashrif buyurganida stadionlarimiz atrofi gavjumlashib qolishi hech kimga sir emas.
Ikkinchidan, juda kuchli raqobat. Eron, o'zbek yoki tojik klublarining bir-biridan o'zishga harakati mintaqadagi futbol rivojiga keskin tasir qilar edi. (tasavvur qiling, har turda AGMK - "Istiqlol" o'yinidan kam bo'lmagan bahslar)
Bundan tashqari, mintaqada yaxlit futbol bozori paydo bo'ladi. Yani CAFAga azo bir mamlakat fuqarosi, boshqasida legioner hisoblanmaydi. Bu esa futbol orqali non topayotgan yurtdoshlarimiz sonini ko'paytirishi mumkin. Akademiyadan chiqib, o'zbek klublari tarkibiga kira olmagan yosh iqtidor nisbatan kuchsizroq qirg'iz jamoasidan qo'nim topa oladi. Mintaqa xalqlari orasidagi aloqalar yanada rivojlanadi. SHuningdek, translyaciya huquqini minimum 5 ta davlatga sotgan liga o'zini-o'zini rivojlantirishda davom etadi. CAFA tarkibidagi mamlakatlarda boshqa azolarning milliy birinchiliklariga nisbatan qiziqisham ortadi.

P.s.: Albatta, yuqoridagi fikrlar mutloq shaxsiy va ayni zamonda utopiya. Lekin, 24 soat oldin Evropa CHempionlar Ligasi atrofida sodir bo'lgan voqealarni ham taxmin qila olmasdik. Yillar o'tib, futbol xususiylashib ketsa, bu kabi g'oyalarning haqiqatga aylanish ehtimoli yo'q emas. Balki, o'zim amalga oshirarman qachondir:)

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика