So’nggi yangiliklar

08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  2 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  3 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  2 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  7 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64

Markaziy Osiyo. "Ordabasi" Qozog'istonda etakchi, Qirg'iz Respublikasida raqobat qizg'in, Eronda esa yangi mavsum boshlandi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. "Ordabasi" Qozog'istonda etakchi, Qirg'iz Respublikasida raqobat qizg'in, Eronda esa yangi mavsum boshlandi

Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Qozog'iston

Mamlakat chempionatining 21-tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'zbekistonlik ikki hamyurtimiz libosini kiyadigan "Ordabasi" "Tobol" maydonida 0:0 hisobida durang o'ynadi. SHahboz Umarov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 64-daqiqada zaxiraga olindi. Uning o'rniga esa yana bir hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov maydonga tushirildi. 

Tur davomida quyidagi natijalar qayd etildi:

Oqjetpes 3:3 Kaspiy

Maqtaaral 3:1 SHaxtyor

Qaysar 1:1 Jetisu

Qiziljar 1:0 Aqsu

Atirau 0:0 Aqtobe

Qayrat 1:0 Astana

Tobol 0:0 Ordabasi

Turnir jadvalida bir o'yin kam o'tkazgan "Ordabasi" 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. To'liq o'yinga ega "Aqtobe"da esa 41 ochko mavjud. Qo'shimcha o'yini mavjud "Astana" 40 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

To'purarlar jadvalida "Qayrat"ning braziliyalik hujumchisi Joao PAULO 14 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. "Ordabasi" yarim himoyachisi Asxat TAGIBERGEN hisobida 10 ta gol mavjud.

22-tur o'yinlari 15–17 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Unda quyidagi juftliklar kuch sinashadi:

15 sentyabr (juma) 

Kaspiy-Maqtaaral

Aqsu-Oqjetpes

16 sentyabr (shanba)   

Atirau-Qiziljar

Astana-Tobol

Aktobe-Ordabasi

17 sentyabr (yakshanba)

SHaxter-Qaysar

Jetisu-Qayrat

Qirg'iz Respublikasi

Mamlakat chempionatining 19-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Alg'a 0:1 Neftchi Qo'chqor-Ota

Dordoy 4:0 Aldier

Muras Yunayted 1:0 Talant

Abdish-Ata 4:2 Qora-Bolta

Alay 1:3 Ilbirs

Tur yakuniga ko'ra, "Abdish-Ata" 38 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Undan 2 ochko kam jamg'argan "Dordoy" 2-o'rinda ketayotgan bo'lsa, 34 ochko bilan "Alay" kuchli uchlikka yakun yasagan.

To'purarlar jadvalida "Dordoy" hujumchisi Danin Talovich 12 gol bilan peshqadamlik qilmoqda. "Alga" futbolchisi Anton Zemlyanuxin hisobida esa 9 ta gol mavjud.

20-tur o'yinlari kecha start oldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Aldier 0:3 Muras Yunayted 

Qora-Bolta 0:0 Neftchi Qo'chqor-Ota

Qolgan o'yinlar bugun va ertaga bo'lib o'tadi.

Tojikiston

Mamlakatda kubok bahslari doirasida chorak final uchrashuvlari o'tkazildi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Istiqlol 2:0 Fayzqand

Regar-TadAZ 2:1 Esxata

Mohir 0:1 Hatlon

Hosilot 1:5 Ravshan

Yarim final bosqichida "Istiqlol" "Regar-TadAZ"ga qarshi maydonga tushsa, "Hatlon" "Ravshan" bilan to'qnash keladi.

CHempionatga keladigan bo'lsak, doimgidek "Istiqlol" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotganiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Eng yaqin taqibchi "Ravshan" bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etadi.

To'purarlar ro'yxatida "Istiqlol" futbolchisi Manuchehr Jalilov 9 ta gol bilan etakchilik qilmoqda.

Turkmaniston

Mamlakat chempionatining 16-turidan o'rin olgan ikki uchrashuv bo'lib o'tib, quyidagi natijalar qayd etildi:

"Altin Asir" 7:2 "Ashxabad"

"Axal" 2:0 "Nebitchi"

"Arkadag'" – "Energetik" va "Kopetdag'" – "Marv" uchrashuvlari esa nomalum sabablarga ko'ra qoldirildi. Eslatib o'tamiz, joriy mavsum "Ahal" Osiyo CHempionlar ligasida, "Altin Asir" esa OFK kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi.

Turnir jadvali

1.  «Arkadag'» (12 o'yin) — 36 ochko;

2.  «Altin Asir» (13 o'yin) — 29 ochko;

3.  «Nebitchi» (14 o'yin) — 25 ochko;

4.  «Kopetdag'» (13 o'yin) — 17 ochko;

5.  «Axal» (13 o'yin) — 16 ochko;

6.  «Ashxabad» (14 o'yin) — 16 ochko;

7.  «Energetik» (12 o'yin) — 12 ochko;

8.  «SHagadam» (14 o'yin) — 8 ochko;

9.  «Marv» (9 o'yin) — 6 ochko.

+Eron

Hududining bir qismi Markaziy Osiyo mintaqasiga to'g'ri keladigan fors o'lkasida yangi mavsum start oldi va dastlabki uch tur ortda qoldi. tur doirasida quyidagi natijalar qayd etildi:

Nassaji Mazanderan 0:1 Siryan

Persepolis 1:1 Zob Axan

Sanat-Naft 1:1 Peykan

Sepahon 1:0 Istiqlol Tehron

Malavan 4:0 Fulad

Xavadar 1:2 Alyuminium Arak

Mes Rafsanjan 0:3 SHams Azar Qazvin

Turnir jadvalida 9 ochko bilan "Sepahon" peshqadamlik qilmoqda. "Siryan" va "Persepolis"da esa 7 tadan ochko mavjud. 

To'purarlar jadvalida "Malavan" futbolchisi Masud Zar Kazemeyni hamda "Sepahon" o'yinchisi Rizo Asadi 3 tadan to'p kiritgan holda etakchilik qilmoqda.

4-tur bahslari 29—30 avgust sanalariga belgilangan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика