Markaziy Osiyo. "Ordabasi" kubokda yutqazdi, "Alay" durang o'ynadi, "Arkadag'" esa yangi stadionga ko'chdi

Оқил Абдубарноев
3 iyul 2023, 10:25
Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Qozog'iston

O'zbekistonlik futbolchilar 

"Ordabasi" - Bobir Abdixoliqov

"Ordabasi" - Shahboz Umarov


Qozog'istonda kubok yarim finalining dastlabki bahslari hamda chempionatning 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'zbekistonlik ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan "Ordabasi" klubi dastlab kubok yarim finalining dastlabki uchrashuvida "Astana" 0:1 hisobda yutqazdi. Umarov bahsni asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa, Abdixoliqov 64-daqiqada uning o'rnini egalladi. Ikkinchi o'yinda esa Igor Sergeevning sobiq klubi "Tobol" "Atirau"ni shu hisobida engdi. Javob bahslari 8 iyul kuni o'tkaziladi.

"Astana" -"Ordabasi" 1:0

Gol: Ivanovich (73).

"Astana": Zaruckiy, Aroyan, Astanov (Ourega, 68), Basmanov (Ivanovich, 68), Beysebekov, Darabaev (Ebong, 46), Darbo, Dosmagambetov, Yovanchich, Oganesyan, Prokopenko (Jaksilikov, 75).

"Ordabasi": Shaizada, Matich, Astanov (Suyumbaev, 81), Auro (Jaksilikov, 86), Vasilev, Erlanov, Jorjino (Sadovski, 64), Maliy, Mboj, Tungishbaev (Fedin, 81), Umarov (Abdixoliqov, 64).

Ogohlantirishlar: Dosmagambetov (21), Darabaev (36), Astanov (59), Abdixoliqov (83).

Shuningdek, mamlakatda chempionatning 14-tur uchrashuvlari o'tkazildi. "Ordabasi" "Aqsu"ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Turnir jadvalida "Astana" 38 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ulardan ikkita kam o'yin o'tkazgan holda uch ochko ortda qolayotgan "Ordabasi" 2-o'rinda bormoqda. 

15-tur uchrashuvlari 15–16 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Undan avval esa evrokuboklarning dastlabki saralash bahslari o'tkaziladi.

15 iyul (shanba)

Maqtaaral-Qaysar

Oqjetpes-Qayrat

Atirau-Ordabasi

Shaxtyor-Aqtobe

16 iyul (yakshanba)

Qiziljar-Tobol

Kaspiy-Jetisu

Qirg'iz Respublikasi

O'zbekistonlik futbolchilar 

Alay - Islom Abdullaev 

Alay - Javohir Sohibov 

Alay - Abdulaziz Yusupov 

Dordoy - Kemran Najafaliev

Qora Bolta - Muhriddin Ahmedov

Neftchi Qo'chqor Ota - Azamat Ahmedov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Muhammadali Tursunov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Dostonjon Rashidov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Otabek Haydarov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Javohir Rasulov 

Talant - Muhammadqodir Rahimberganov 

Oshmu Aldier - Abdulbori Vositjonov 

Oshmu Aldier - Akrom Xodjaev

Oshmu Aldier - Maradona Safarov

Oshmu Aldier - Po'latjon Sharipov 

Oshmu Aldier - Muhammadali Ashurov

Oshmu Aldier - Aburahmon Abdulhaqov 

Oshmu Aldier - Elnur Turg'unov 

Oshmu Aldier - Akmaljon Yuldashev


Mamlakat chempionatining 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

"Talant" 1:2 "Muras Yunayted"

"Ilbirs" 3:0 "OshMU-Aldier"

"Abdish-Ata" 7:0 "Kara-Balta"

"Alay" 2:1 "Dordoy"

"Neftchi" 1:0 "Alga"

To'purarlar jadvalida "Abdish-Ata" forvardi Emmanuel Yagr, "Dordoy" hujumchisi Danin Talovich hamda "Alga" futbolchisi Anton Zemlyanuxin 7 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Assistentlar bo'yicha esa "Abdish-Ata" o'yinchisi Atay Jumashev 9 ta golli uzatma bilan yakka yetakchi bo'lib turibdi.

Chempionatning 15-tur uchrashuvlari 1 iyul kuni start oldi. Unda peshqadam "Alay" o'z maydonida "Alga" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bu haqda keyingi sonimizda batafsilroq ma'lumot beramiz. Bugun va erta qolgan o'yinlar o'tkaziladi.

Tojikiston

O'zbekistonlik futbolchilar

Xo'jand - Xushnudbek Bozorov 

Xatlon  - Rustam Qo'chqorov

Fayzkand -  Zufardjon Akbaraliev

Esxata - Olimjon Karimov

Esxata - Sanjar Rixsiboev

Xosilot - Temur Mamatmurodov

Ko'ktosh - Temur Masharipov

Ko'ktosh - Muxiddin Odilov

Mamlakat chempionatining qoldirilgan 5-tur doirasidagi bellashuvlar bo'lib o'tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Ravshan – Regar-TadAZ – 3:1

Ko'ktosh – SSKA – 1:0

Esxata – Istiqlol – 0:3

Hosilot – Xo'jand – 1:2

Fayzqand – Xatlon – 2:0

To'purarlar: Manuchehr Jalilov (Istiqlol) – 9 ta, Alisher Jalilov (Istiqlol), Shavkati Hotam (Fayzqand), Azizbek Sultonov (Ko'ktosh) – 7 tadan, Ehsoni Panjshanbe (Istiqlol) – 6 ta, Baxtiyor Zaripov (Esxata), Alisher Shukurov (Ko'ktosh) – 5 tadan.

Shu bilan jamoalar tanaffusga yo'l olishadi. 29–30 iyul kunlari kubokning 1/8 final bahslari o'tkaziladi. Chempionat doirasida 15-tur o'yinlari esa 3–4 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Turkmaniston

Turkmanistonda mamlakat chempionati boshlanmasidan ilgari turnir g'olibi sifatida taxmin qilingan "Arkadag'" yangi ochilgan Arkadag' shahridagi yangi stadionda dastlabki uchrashuvini o'tkazib, "Ahal"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. 

8-turdan keyin "Arkadag'" ochko yo'qotmagan holda peshqadam bo'lib turibdi. Ulardan 7 ochko kam jamg'argan "Altin-Asir" ikkinchi o'rinda bormoqda.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia