Mark‑Andre Ter Shtegen va "Barselona" yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Omonjon To`xtamirzayev
19 avg 2023, 17:35
Darvozabon Mark‑Andre Ter Shtegen va "Barselona" shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqida "Marca" xabar bermoqda.

Bu hafta Germaniya termasi golkiperi vakillari klub rahbariyati bilan uchrashgan va tomonlar hamkorlikni 2028 yilgacha uzaytirishga kelishib olishgan.

Yangi shartnomaga ko'ra, 31 yoshli futbolchi dastlabki ikki mavsumda maoshi kamayishiga rozi bo'lgan, o'rtadagi farq esa keyingi yillarda qoplab beriladi.

Bu mavsumda maoshdan tejab qolingan pullar klubga moliyaviy "fair play" qoidalarini buzmasligini taminlaydi va "Barsa" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza oladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca