So’nggi yangiliklar

22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  0 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  1 21:00Миллатлар лигаси. Хорватия — Шотландия ва Болгария — Люксембург ўйинлари бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  38 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  12 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  6 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  8 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2

Mario o'zgardi (mi?) Yangiliklar

Mario o'zgardi (mi?)

Teglar :  Mario Balotelli
Esimni taniganimdan buyon bahosi shunchalik oshirib yuborilgan futbolchiga duch kelgan emasdim. O'zi uchun sarflangan miilionlarning centiga ham arzimaydi!

- Mario Balotelli uchun Liverpul qancha mablag'ni ko'kka sovurganligi haqidagi savolga jamoa afsonasi Jeymi Karrager shunday javob qaytargandi. 

CHindan ham, o'z vaqtida o'ta noyob iqtidor sohibi sifatida etirof etilgan futbolchi so'ng­gi paytlarda ko'pchilikka ermak bo'lib qoldi. Hozir Mario butun diqqat-etiborni faqat futbolga qaratish lozimligini anglab etgan ko'rinadi - italiyalik bezorining ikki aniq zarbasi evaziga Marsel­dan ustun kelgan Nicca Monako bilan turnir jadvalini boshqarib borayotgandi, ammo kecha bo'lib o'tgan 6-tur bahsida Nicca Monako darvozasiga 4ta to'p yo'lladi. Bu gollarning 2tasi Balotelliga tegishli. 20 yoshli paytida 30 mln. evroga baholangan hujumchidan keyinchalik Liverpul, Beshiktosh, Bordo, Sassuolo va Palermo klublari yuz o'girishdi. Ajabtovur qiliqlari bilan barchani hayron qoldirayotgan Balotelli xususida fikr bildirmagan mutaxassis deyarli qolmadi. Leonardo Bonuchchi uni primadonnaga qiyoslagan bo'lsa, Sampdoriya murabbiyi Mario uchun Marioning o'zi birinchi dushman, degandi. Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Venturaning fikricha, Balotelli faqat futbolchi ekanligini isbotlamoqchi bo'lgan lahzalardagina yorqin o'yin ko'rsatar ekan. Andrea Pirlo: Ochig'i, Mario meni ajablantirmoqda. U dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri bo'lishini kutgandim. Endi u vaqtni boy berishi mumkin emas!

Jamoalar esa Balotellining agenti takliflariga faqat salbiy javob qaytarishar, hatto Kevo ham hamkorlik qilishni istamagandi. Nihoyat, Nicca uni ish bilan taminlashga rozi bo'ldi. Lekin jamoa bosh murabbiyi hujumchiga to'la ishonch bildirolmasligini qistirib o'tdi: Mario anchadan beri maydonga tushmayapti. Har qanday mijozini ustama baholarda pullash hadisini olgan Mino Rayola ham Mario borasida ilojsiz ekanligini tan oldi: Mijozimga kimdir qiziqish bildirishi uchun anchagina ter to'kishimga to'g'ri kelmoqda. Xullas, Balotellining futbolchilik faoliyati tanazzulga yuz tutgandi. Italiyalik futbolchining 6 yil ichidagi mojarolarini sanab o'tirishdan manfaat yo'q. Yangi jamoasi bilan shartnomaga imzo chekar ekan, Mario bu bilan Nicca hech narsa yo'qotmasligini qayta-qayta takidladi. 5 daqiqa ichida 3 marta takrorladi! Muvaffaqiyatli to'p surish uchun barcha sharoitlarga ega bo'lgan futbolchi qanday xatoliklarga yo'l qo'ydi?

Mino Rayola xizmatidan foydalanishni maqul ko'rdi


Mino Rayola doimo o'z mijozlarining (shuningdek, o'zining ham) manfaatini himoya qiladigan mutaxassis sifatida tanilgan. Biroq uning oliftalarcha tajovuzkor uslubi hammaga ham yoqavermaydi. Rayola o'z mijozlari atrofida kuchli shov-shuv ko'taradi, bosimga dosh bera olganlar yanada yuqoriroq darajaga ko'tariladilar. Dosh berolmaganlar esa Balotelli qismatini totib ko'radilar. Bir paytlari Mino Marioni Italiyaning kelajagi deya alqagan, CHelsi va PSJdek grandlarning puli ozlik qilishini takidlagandi. Yana mijozining bahosi 250 mln.dan kam emasligini, uni o'z safiga qo'shib olgan Milanga omad kulib boqqanligini aytgandi. Garchi Mario Milan va Manchester Sitida risoladagidek o'ynagan bo'lsada, sarflangan mablag'ni oqlay olmadi. Rayola bashorat qilgan 3ta Oltin to'p hamon nasiyaligicha qolmoqda. Agent tashabbusi bilan yuzaga kelgan shov-shuvlar nosog'lom muhitni shakllantirdi. Marioning ajabtovur qiliqlari esa gulxanga moy quyib turdi. Bir paytlari Xaver Zanetti Marioga maslahat berishga jurat etgandi. U agentni ochiqchasiga  ayblagan bo'lmasada, yosh hujumchining faoliyati noto'g'ri yo'llarga kirib qolishidan ogohlantirgandi. Kim biladi, deysiz, Mario sal xushmuomalaroq agent bilan ishlaganida voqelar rivoji boshqacharoq bo'larmidi? Aytgancha, Italiyaning ayrim klublari Rayola bilan umuman hamkorlik qilmaydilar.

Gollaridan quvonmasdi


Raqib darvozasini ishg'ol etganidan so'ng ehtiroslarni namoyish etmaslik odati Marioning 19 yoshli davrida paydo bo'lgandi. Bu holatni hujumchi o'ta tasirchan holda izohlagandi: Gol urish mening vazifam. SHunchaki, o'z ishimni ado etyapman, buning quvonadigan eri yo'q. Axir, pochta xodimi kimgadir maktub olib borsa quvonchdan irg'imaydiku!. Ochig'i, ishonarli emas. Endigina yuqori saviyada to'p sura boshlagan yigitchaning zarbalari minglab muxlislarga quvonch ulashsa-yu, uning o'zi ularga sherik bo'lmasa... Bunday sovuqqonlik hech kimga yoqmadi: o'ta kamtarlik-takabburlik!

SHu tariqa muxlislar bilan hujumchi o'rtasidagi munosabatlarga darz ketdi. Barsaga qarshi kechgan CHLning yarim finalidagi tarixiy g'alabadan so'ng namoyish etgan bemani qilig'i esa hammasidan oshib tushdi: o'shanda futbolchi egnidagi futbolkasini echib, maydonga uloqtirgandi. Bundan nafaqat muxlislar, balki jamoadoshlari ham qattiq ranjishdi. SHundan keyin Mario o'ziga yangi jamoa qidirishga majbur bo'lgandi.

Hammaga pand berdi


Balotelli buyuk iqtidor sohibi edi. 2009|2010 yillar mavsumida A seriyaning 13ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol va 4ta samarali uzatmani amalga oshirgandi. Ana shu yuksak natijaning salbiy tomoni ham yo'q emas - 9ta gol yonida 7ta sariq kartochka ham bor. Manchester Sitida: 6ta gol, 6ta kartochka, Milandagi keyingi faoliyati: 28ta gol, 21ta kartochka. Qisqasi, deyarli har bir aniq zarbaga shuncha qo'pollik to'g'ri kelmoqda. Aslida, Mario qo'pol o'yinchi emas. Hakamlar bilan ko'p bashlashadi, raqiblar uyushtirgan fitnalarga albatta, javob qaytaradi, qoida buziladi. Bunaqa jizzakilarga ishonch bildirib bo'lmaydi. Joze Mourino nidolariga etibor bering: Barcha hujumchilar jarohat olishgan, Militoga ham, Eto~O­ga ham umid yo'q edi. Yagona imkoniyat - Balotellini maydonga tushirish.43-daqiqada Mario sariq kartochka oldi. 15 daqiqalik tanaffusning 14 daqiqasini unga sarfladim. Raqiblarning ig'volariga uchmaslikni uqtirdim. U esa 46-daqiqada qizil kartochka oldi!. Balotelli qanchalik beqaror o'yinchi bo'lmasin, Roberto Manchini doimo unga ishonardi. Ammo Mario bu murabbiyga ham pand berdi.

Murabbiy bilan janjallashdi


Manchini Marioni asosiy tarkibga qo'shib maydonga tushira boshladi. Yosh hujumchini yorqin kelajak kutayotgani haqida ko'p gapirardi. Janjal-to'palon bilan Interni tark etgan futbolchi Manchini tufayli shaharliklar safidan joy olgandi. Lekin 2013 yilning yanvarida bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda ustoz-shogird janjallashib qolishdi. Marioning bolalarcha injiq tabiati Manchesterdagi faoliyatini barbod etdi. Oqibatda, futbolchi Milanga qaytishga majbur bo'ldi.

Xatolaridan xulosa chiqarmadi

SHartnoma imzolash paytida Niccaning hech narsa yo'qotmasligi haqida takror-takror aytilgan fikrlaridan Mario yo'l qo'ygan xatolaridan tegishli xulosa chiqargandek, undagi iqtidor bilan hozirda ega bo'lib turgan nufuzi o'rtasida ulkan tafovut bor ekanligini tushungandek tuyulgandi. Biroq oradan atigi 2 kun o'tgach, Tvitterda Jeymi Karragerga qarshi jangga kirishdi.

Bu bir hodisa emas. Avval ham Mario juda ko'p marta tavba qilgan, endi o'z mahoratini ko'rsatishga vada bergandi. Bunga misol tariqasida uning Sitidan Milanga o'tishi va yana ortga qaytishini ko'rsatish mumkin. Har safar hujumchi o'zi tark etayotgan jamoaga tosh otar, keyin hech narsa bo'lmagandek qaytib kelardi. Zaxira o'rindig'ida o'tirgan paytida faqat Messi undan kuchliroq ekani haqida safsata tarqatar, o'zini ko'rsatish uchun maydonga tushirilgan paytda esa yakkama-yakka vaziyatda to'pni negadir tovoni bilan darvozaga yo'llashga urinardi. Qiziq, buning o'rniga oddiygina zarba bilan gol urib qo'ya qolsa bo'lmasmikan? Nahotki, o'ziga ham pand bermasdan yura olmaydigan holga tushgan bo'lsa?

Hozirda Men Marioga ishonaman, u albatta yuksak mahoratini namoyish etadi!, deydigan mutaxassis umuman qolmadi, hisob. Aksincha, o'zini-o'zi xarob qildi qabilidagi yakuniy xulosaga kelganlar tobora ko'paymoqda. Vaholanki, gap yoshi 30dan oshib, faoliyatini yakunlash arafasida turgan faxriy futbolchi emas, endigina 26ga chiqqan, etarli kuch-quvvat, mahoratga ega hujumchi haqida ketmoqda. Ehtimol hammaning hafsalasi pir bo'lganligi, bu yog'iga muxlisu mutaxassislar Balotellidan hech narsa kutmasliklari hujumchiga butun diqqat-etiborini faqat futbolning o'ziga qaratish imkoniyatini berar? Ortiqcha shov-shuvlar va bosimdan xalos bo'lgan forvard balki Niccada sekin-asta o'z mavqeini tiklab olar? Ehtimol, Marselga qarshi uchrashuvda qayd etilgan dubl ana shu ijobiy o'zgarishning tarixiy nuqtasiga aylanar? Odatda, taxmin qilingan mo'jizadan ko'ra, kutilmaganda namoyish etilgan yorqin o'yinning shulasi ko'zni kuchliroq qamashtiradi...

 Soddiq SOBIR tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика