So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  1 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  9 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  5 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

Xorvatiya bosh murabbiyi: "Braziliyaga qarshi bahsda ustimizdan muzday suv quyilganday bo'lgandi" Yangiliklar

Xorvatiya bosh murabbiyi: "Braziliyaga qarshi bahsda ustimizdan muzday suv quyilganday bo'lgandi"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finali doirasida Argentinaga qarshi o'yindan so'ng (0:2) Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Marinko Mavrovich saytimizga intervyu berdi.

"Argentinaga qarshi juda qiyin o'yin bo'ldi, sababi raqib jamoa sobiq jahon chempioni va amaldagi vice-chempion hisoblanadi. Afsuski, o'yin davomida ikkita xatoga yo'l qo'ydik va bu bizga qimmaga tushdi. Uchrashuv davomida hujumlarni yakunlashda qiyinchiliklarga duch keldik.

Musobaqa avvalida ilk maqsadimiz pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish edi va buni uddaladik. Ammo keyingi rejalarimiz amalga oshmadi. Argentina yaxshiroq o'yin ko'rsatdi va g'alabaga loyiq edi.

Ushbu mundial davomida ham Braziliya, ham Argentinaga qarshi o'yin o'tkazdik. Bu hazilakam ish emas. Ular chempionlik uchun uch davvogarning ikkitasi sanaladi. Braziliyaga qarshi bahsda ustimizdan muzday suv quyilganday bo'ldi (Xorvatiya ushbu o'yinda darvozasidan 8 ta gol o'tkazib yubordi — tahririyat), ammo o'yindan o'yinga moslashib bordik va Argentinaga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. 

Mazkur jahon chempionati hayratga boy bo'lmoqda. Osiyo jamoalarning saviyasi ancha yuqorilaganiga, shuningdek, har bir o'yin murosasiz o'tayotganiga guvoh bo'ldik. SHu bilan birga, Ispaniya va Portugaliyaning musobaqani erta tark etgani ham ajablantirdi. Umuman olganda, har bir jamoa saviyasi yuqorilamoqda va o'yinlar yuqori darajada o'tkazilmoqda", dedi Mavrovich.

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика