Mario Balotelli: "31 yoshda terma jamoada o'ynash normal holat. Umid qilamanki, Italiya jahon chempionatiga yo'l oladi"
25 jan 2022 21:51
Yangiliklar
Mario Balotelli: "31 yoshda terma jamoada o'ynash normal holat. Umid qilamanki, Italiya jahon chempionatiga yo'l oladi"
"Adana Demirspor" hujumchisi Mario Balotelli Italiya terma jamoasiga chaqirilganidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men tetikman, kayfiyatim yaxshi. 31 yoshda terma jamoada o'ynash normal holat, bunda g'ayritabiiylik ko'rmayapman.
Umid qilamanki, Italiya jahon chempionatiga yo'l oladi, jamoa bunga loyiq. Ular qanday qilib pley-offda qolib ketganini bilmayman, lekin jamoa mundialga yo'l olishi mumkin.
Manchini bilan suhbatlashdik, hammasi ko'ngildagidek. Men uning qo'l ostida debyut qilganman. Umid qilamanki, bir kun kelib uning jamoasida faoliyatimni yakunlayman", - dedi Balotelli.
Fikrlar