Marca: "Real" Rabo transferidan voz kechdi

4 apr 2019, 23:58
PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboga "qirollik klubi" qiziqishini yo'qotdi.

Ispan nashrining ma'lumotiga qaraganda, 24 yoshli yarim himoyachi bugun ertalab "Real" bilan og'zaki kelishuvga erishgandi, ammo endi Zidan boshqarayotgan jamoa Raboga qiziqmay qo'ygan. 

Takidlash joiz, fransiyalikning PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng, yozda yakuniga etadi va u erkin agent maqomida klubni tark etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, faoliyati davomida o'ng qanot himoyachi bo'lib harakat qilgan va hozirda tayanch yarim himoyachi futbolchisi sanaladigan Adrien Rabo parijliklar safida ushbu mavsumda Liga 1ning 15 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca