Marat Ismoilov nazoratchi sifatida yubiley uchrashuvida qatnashdi
29 sen 2023 11:36
Yangiliklar
Marat Ismoilov nazoratchi sifatida yubiley uchrashuvida qatnashdi
Coca Cola Superligasi 20-turi doirasidagi "Metallurg" – "Andijon" uchrashuviga Marat Ismoilov hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlangan edi.
Bu uning nazoratchilikdagi yubiley 100-uchrashuvida aylandi.
Qayd etish joizki, Marat Ismoilov professional hakamlik faoliyatidagi debyutini aynan "Metallurg" ishtirokidagi bahs (2001 yil, "Metallurg" – "Surxon")da o'tkazgan. Bundan tashqari, uning hakamlikdagi eng so'nggi bahsi ham Bekobod jamoasi bilan o'yin (2014 yil, "Qizilqum" – "Metallurg")da o'tkazilgan.
Fikrlar