Marat Bikmaevning goliga ovoz bering
14 mar 2019 22:45
Yangiliklar


Marat Bikmaevning goliga ovoz bering
Xabaringiz bor, bu turda "Paxtakor" o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubini qabul qilib 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi yagona golni jarima to'pidan Marat Bikmaev raqib darvozasiga ajoyib tarzda kiritdi.
OFK sayti tur golini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqda. Bunda to'rt nafar futbolchining goli kiritilgan. Bular - Alaa Abbos ("Al Zavra"), Marat Bikmaev ("Paxtakor"), Ismoil Matar ("Al Vahda") va SHo Ito ("SHandong Luneng"). Hozircha so'rovnomada Alaa Abbosning goli peshqadamlik qilyapti. Bikmaev esa oxirgi o'rinni egallab turibdi.
Marhamat, quyidagi link orqali Marat Bikmaevning goliga ovoz bering va "Paxtakor" hujumchisining birinchi o'rinni qo'lga kiritishida o'z hissangizni qo'shing.
Eslatib o'tamiz, 1-turda "Lokomotiv" sardori Islom To'taxo'jaevning "Al Vahda" darvozasiga kiritgan to'pi tur goli deya etirof etilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar