Marat Bikmaev: "JCHda Braziliya chempion, Rossiya kashfiyot bo'lsa kerak"
12 iyu 2014 14:43
Yangiliklar
Marat Bikmaev: "JCHda Braziliya chempion, Rossiya kashfiyot bo'lsa kerak"
Og'ir jarohati tufayli o'yindan tashqari holatga tushib qolgan Marat Bikmaev bilan bog'lanib, avvalo sog'ligi haqida so'radik va JCH oldidan fikrlari bilan qiziqdik.
- Bundan ikki hafta muqaddam, Germaniyaga borib oyog'imdagi asosiy operaciyani qildirib keldim. U erda 10 kundan ortiq vaqt mobaynida bo'ldim. Xudoga shukur, qiyinchiliklar ortda qoldi va hozirda barchasi yaxshi bo'lib bormoqda - deya gap boshladi Bikmaev.
- Trenajyor zalida indivudial mashklarni boshlab yuborganman. Bugundan esa maydonga chiqib, yakka tartibda yugurishni boshlayman. Nasib qilsa 1-2 oydan keyin umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazaman - deb qo'shimcha qiladi Toshkentning Lokomotiv klubi azosi.
- Albatta millionlab muxlislar kabi men ham jahon chempionati o'yinlari boshlanishini orziqib kutyapman. Unda qaysi terma jamoaga muxlisliq qilaman? Bilasizmi men uchta terma jamoaga ishqibozlik qilib kelaman. Bular - Braziliya, Argentina hamda Germaniyadir. SHu uchchalasidan biri JCH-2014 g'olib bo'ladi degan umiddaman. Bu borada Braziliyaning imkoniyatini yuqori baholayman. Mezbonlar ushbu yirik musobaqada g'olib chiqishi shart. Ko'pchilik ulardan chempionlikni kutmoqda.
- Futbolchilardan Aren Robben, Luiz Suares va braziliyalik bir qator o'yinchilarga muxlislik qilaman.
- Menimcha musobaqa kashfiyoti Rossiya terma jamoasi bo'lishi mumkin. Bundan boshqa variantlarni ko'rmayapman, hozircha - deya so'zini yakunlaydi Marat Bikmaev.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar