So’nggi yangiliklar

21:49"Брест" — ПСЖ. Таркиблар маълум  5 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  7 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  5 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  1 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  44 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  34 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  15 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  4 16:21Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар CAFA турнирида иш олиб бормоқда  2 15:35"Динамо"нинг БАА йиғинидаги рақиблари маълум  7 15:11ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Реал" ва бошқа ўйинлар учун УЕФАнинг тахминий таркиблари  67 14:54Расмий хабар: Норчаев "Насаф"га қайтди  16 14:29МЮ Каземирога клуб топди   5

Marat Bikmaev: "Hali nimalarga qodirligimni isbotlayman" Yangiliklar

Marat Bikmaev: "Hali nimalarga qodirligimni isbotlayman"

Hujumchi Marat Bikmaev "Dinamo" jamoasiga o'tgani haqida "championat.asia" jurnalisti Nikolay Egorichevga fikr bildirdi.

- "Dinamo"ga o'tish qay tariqa amalga oshdi, muzokaralar qanday o'tdi?

- Kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganim uchun "So'g'diyona"dan ketdim. Ko'proq o'ynashni istayman. "Dinamo"dan, aniqrog'i, Andrey Sergeevich SHipilovdan taklif tushdi. O'ylab o'tirmasdan mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladim. Jamoa hozir o'zi istagandan pastroq pog'onalarda. Bu mening faoliyatimdagi yangi bosqich va qo'shimcha motivaciya - "Dinamo"ni qiyin vaziyatdan olib chiqish kerak.

- Yangi jamoangizda oldingizga qanday maqsad qo'ydingiz?

- Hujumchiman, gol urishni istayman. O'zimni ko'rsatishni, hammaga nimalarga qodirligimni ko'rsatmoqchiman. Ammo bizda 35ga kirgan hujumchilarni doimo hisobdan chiqarishga o'rganib qolishgan.

Jamoa menga ishonmoqda. Ko'proq gollar urib, "Dinamo"ga yordam berishni istayman. Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo'ladi. Barchasiga tayyorman, ayni damda yaxshi jismoniy holatdaman. Asosiysi - jarohatlar bezovta qilmasa bo'lgani.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика