Maradona qo'li bilan gol urgan o'yinni boshqargan hakam bilan uchrashdi
19 avg 2015 08:10
Yangiliklar
Maradona qo'li bilan gol urgan o'yinni boshqargan hakam bilan uchrashdi
Afsonaviy Diego Maradona 1986 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi o'yinda qo'li bilan gol urganini barcha yaxshi biladi.
Dam olish kunlari men Tunisga bordim va Ali Bin-Nosir bilan uchrashdim, u 1986 yil Meksikada o'tgan Jahon chempionatida Angliyaga qarshi o'yinni boshqargandi.
Men unga o'z futbolkamni sovg'a qildim, u esa xona devorida osilib turgan suratni menga taqdim etdi. Ali - abadiy do'stimdir, - deb yozadi Maradona o'zining Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, o'sha o'yinda Maradona qo'li bilan gol urgan, hakam esa buni ko'rmay golni hisobga olgandi.
Fikrlar