So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  7 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  15 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

Maqsud Niyozimbetov vafot etdi Yangiliklar

Maqsud Niyozimbetov vafot etdi

Hamdardlik bildiramiz.
Qoraqalpog'iston Respublikasi sport jamoatchiligi Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, taniqli futbolchi va murabbiy Maqsud Niyozimbetovning 59 yoshida olamdan o'tganligini qayg'u bilan malum qiladi.

M. Niyozimbetov 1958 yilda Nukus shahrida tug'ildi. U 1977 yili Berdax nomidagi Qoraqalpog'iston davlat universitetining jismoniy    tarbiya fakultetiga o'qishga kirib, “Burevestnik” futbol jamoasi tarkibida o'ynadi. Oradan bir yil o'tgach, 1978 yili Nukus shahrining “Amudaryo”  jamoasiga chaqirildi. Ushbu jamoa safida sobiq ittifoq chempionatining 2-ligasida qator yillar to'p surdi. So'ngra, 1986-1990 yillar oralig'ida “Betonshik” jamoasida o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritdi. U futbolchilik faoliyati mobaynida bir necha bor Qoraqalpog'iston chempionatining g'olib va sovrindori, Kubogi sohibi bo'ldi. SHuningdek, oliy talim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston birinchiligining kumush medalini qo'lga kiritdi.

Maqsud Niyozimbetov ko'p yillar Nukus shahrining “Orol” jamoasi boshlig'i vazifasini ham o'tadi. Jumladan, uning rahbarligida bu jamoa  1992-1994 yillarda  O'zbekiston chempionatining oliy ligasida ishtirok etdi.

M. Niyozimbetov  1994 yili Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federaciyasining bosh kotibi etib saylandi. Tinib-tinchimas, fidoyi va jonkuyar bu inson mazkur lavozimda o'n ikki yil mobaynida, yani 2006 yilgacha samarali mehnat qildi, Qoraqalpog'iston Respublikasida, xususan, uning shahar va tumanlarida futbolni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirishga bosh-qosh bo'ldi. 2006-2011 yillarda esa Qoraqalpog'iston respublikasi kasaba uyushmalari ko'ngilli sport jamiyatiga qarashli futbol maktabi direktori vazifasini bajardi. Umuman, u qaysi lavozimda mehnat qilmasin, o'z ishiga katta masuliyat bilan yondoshdi, bu bilan insonlar mehrini qozondi.

Tajribali futbol mutaxassisi, yuksak insoniy fazilatlar sohibi bo'lgan Maqsud Niyozimbetovning porloq xotirasi oila azolari, shogirdlari, hamkasb va do'stlari yodida saqlanib qoladi.  

Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federaciyasi,
“Qariya” faxriylar futbol jamoasi.
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика