So’nggi yangiliklar

23:33Салоҳ "Ливерпул"ни тарк этса, қайси клубларга бориши мумкинлиги маълум бўлди  2 23:12Суперкомпьютер "Арсенал"ни Чемпионлар лигасининг бош фаворити сифатида кўрсатди  3 22:31ЕЧЛ. "Қайрат" "Олимпиакос"га ютқазди  0 22:25ЕЧЛ. "Бавария" – "Спортинг". Таркиблар маълум  1 22:12Лукаку қайтди: олдинда Суперкубок ўйини бор  1 21:53Наҳотки?! "Арсенал" Жезусни қайдномага киритди  4 21:32Слот кетса ўрнига ким асосий даъвогар?  10 21:10Эрон. Остон Ўруновнинг ягона голи "Персеполис"га ғалаба келтирди  1 20:58"Ливерпуль" собиқ ҳимоячиси Ловрен Салоҳнинг ёнини олди  1 20:30"Манчестер Сити"нинг "Реал" билан ўйин учун 21 кишилик таркиби эълон қилинди  5 20:03Эрон чемпионати. "Трактор" "Зоб Оҳан" билан дуранг ўйнади, Ҳамробеков бир бўлим ҳаракат қилди  1 19:41"Хоразм" футзал клуби ташкил этилди  5 19:17Эрон пойтахтида учта йирик стадион қурилади  3 18:38АПЛнинг нархи ошган ва тушган футболчилари: Абдуқодир Ҳусановнинг қиймати қанча?  2 18:12АПЛда футболчиларни жароҳатдан асраш учун янги қоида кучга киради  4

"Maqsad haqida gapirishga erta, menga qolsa Termizda o'ynardik. Ammo..." - "Surxon"ning yangi murabbiyi yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Maqsad haqida gapirishga erta, menga qolsa Termizda o'ynardik. Ammo..." - "Surxon"ning yangi murabbiyi yana nimalar dedi?

Teglar :  SurxonSergey Tokov
"Surxon"da rahbariyat o'zgarishi ortidan murabbiylar shtabi ham yangilandi.

Jamoani endilikda Sergey Tokov boshqaradi.  Ushbu murabbiy futbolchilik faoliyati davomida "Traktor", "Navbahor", "Dinamo", AGMK va "So'g'diyona" jamoalarida to'p tepgan. Butsalarini mixga ilgach "Paxtakor" akademiyasida murabbiylik qilgan, 2006 yillar terma jamoasida Server Jeparovga yordamchi bo'lgan. Superligada "Surxon"ni boshqaradigan Sergey Tokov mashg'ulotlar, tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikrlarini bildirdi. 

"Yangi jamoa, yangi futbolchilar bilan tayyorgarlikni boshlab yubordik. Asosiy urg'u yosh futbolchilarga qaratiladi. Ularga o'ynash imkoniyatini berishga harakat qilamiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Hozir mashg'ulotlarga kirishganmiz. Futbolchilarni ko'ryapmiz. Hali ishlarimiz ko'p. Asosiy maqsadimiz yaxshi va sifatli futbol ko'rsatish. Buning ortidan natija keladi. Hozir katta maqsadlar haqida gapirishga erta. Birinchi navbatda sifatli futbol haqida o'ylashimiz kerak. Bizning o'yinimizdan muxlislar qoniqish hosil qilishlari kerak",- deydi Sergey Tokov. 



"Klubga taklif qilishdi, rozi bo'ldim. Ko'pchilik yoshlar bilan ishlaganimni, terma jamoadagi faoliyatimni yaxshi biladi. Bir nechta nomzodlar orasida menda to'xtalishdi. Ishonchlarni oqlashga harakat qilamiz. 

Bu yil qaerda o'ynaymiz? Menga qolsa, Termizda muxlislarimiz qarshisida o'ynashni istardim. CHunki muxlislar maydondagi 12 futbolchi. Futbolchilarga ham o'z suyuklilari ko'z o'ngida o'ynash osonroq. Lekin bu bizga bog'liq emas. Stadion qanchalik uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor, shunga ham qarash zarur. Rahbariyat bilan gaplashib Termizda o'ynash masalasini imkon qadar tezroq hal qilmoqchimiz. 

Tayyorgarlik rejasiga kelsak, bugun Toshkentda shug'ullanmoqdamiz. Boshqa rejalar haqida biror narsa, deya olmayman. Mashg'ulotlarni shu yaqin atrofda olib boramiz",- deydi murabbiy.

 


"Tarkibga kelsak, yoshlarga etibor hamisha muhim. Ikkinchidan o'tgan yili tarkibda o'ynagan ayrim tajribasi bor futbolchilar bor. Albatta qaysidir poziciyalarga tajribali ijrochilarni olishimiz mumkin. Balki legioner bo'lar. Bir narsani aytishim kerak, hozirda ko'p Superligadagi ko'p jamoalarda to'p tepayotgan legionerlarning darajasi o'zimizning yigitlarnikidan ustun emas

Murabbiylar shtabida kimlar ko'maklashishini hali ochiq ayta olmayman. Hali shartnoma imzolanmagan. Bir necha kundan so'ng aniq bo'ladi",- deydi Sergey Tokov.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика