So’nggi yangiliklar

12:25Луис Суарес футболчилик фаолиятидаги сўнгги мавсумни қаерда ўтказади?  0 11:46Қувондиқ Рўзиев "Навбаҳор"га қайтди  1 11:25Трамп Кот-д’Ивуар ва Сенегал фуқароларининг АҚШга киришини чеклади. Уларнинг терма жамоалари ЖЧ-2026да ўйнайди  2 10:14МЮ Семеньо учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум   2 09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  1 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  2 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  4 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  4 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  7 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  5 03:40Испания кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлубиятга учратди  6 03:05Англия лига кубоги. ​Гарначонинг дубли "Челси"га "Кардифф" устидан ғалаба тақдим этди.  1 00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  8 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0

Ivan Boshkovich: "Hozir sakkizinchi o'rindamiz, lekin maqsadimiz yuqoriroqda. Buning uchun harakat qilamiz" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Hozir sakkizinchi o'rindamiz, lekin maqsadimiz yuqoriroqda. Buning uchun harakat qilamiz"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin sifatidan ham natijadan ham mamnunman deb ayta olmayman. Birinchi bo'limdan keyin bahs tashabbusi biz tomonda deb o'ylagandik. Birinchi bo'limda ikkita gol urdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Bu 45 daqiqada biz raqibni futboldagi barcha jihatlar bo'yicha mag'lub qildik. Ikkinchi bo'limda raqib ochiq futbol o'ynashini kutgandik. Yani ular hujumda o'ynab, bizga hududlar ochib berishlarini kutgandik. Biz holatni nazorat qilayotgandik. Yana bir nechta gol urishimiz mumkin edi, buning uchun harakat qildik. Urilgan golgacha ularda zarbalar bo'lgandir, lekin yaqqol vaziyatlar bo'lmadi. Ko'plab zarbalarni himoyachilar qaytarishdi. Jamoam raqibdan bir kishi kam bo'lib ham yaxshi himoyalana olishini ko'rsata oldi. Bugun darvozabonimiz yaxshi o'yin o'tkazdi, biroq o'yin so'ngida xato qildi. Istalgan inson xato qilishi mumkin. Bunday holatda futbolchilarga etarlicha jangovarlik kayfiyatini berish qiyin. Lekin futbolchilar professional, ular vazifalarni bajarishdi. Balki biz sovrinli o'rinlar uchun kurasha olmasmiz, lekin yigitlarga darajani ushlab qolish kerakligini, o'zlarini hurmat qilishlarini aytdim. Barakalla, ular buni uddalashmoqda. Besh o'yin qoldi, shunday o'ynashda davom etishimiz kerak. Hozir sakkizinchi o'rindamiz, lekin maqsadimiz yuqoriroqda. Buning uchun harakat qilamiz.

- Ketma-ket ikkinchi o'yinni asosiy tarkibda o'tkazgan darvozabon Shohruh Isoqov haqida fikrlaringiz.

- O'tgan mavsumda ham unga umid bildirgandik. Ikki yil davomida u biz bilan ishlamoqda. Sifatli darvozabon, o'z imkoniyatini kutdi. O'tgan o'yinda maydonga tushdi va vazifalarini bajardi. Uning o'yinidan mamnunmiz. U hali rivojlanishiga ishonamiz. Unda Milan Mitrovich hamda Muhammadyusuf Sobirov kabi raqobatchilari bor va u bu raqobatda g'olib bo'lmoqda. Kelajakda uning ishlari yaxshi bo'ladi.

- Bugun "So'g'diyona" g'alaba qozongan bo'lsa-da, "Surxon" ham hujumlar uyushtirdi. Burchak zarbalaridan tashqari qanotdan ko'plab uzatmalar, krosslar amalga oshirildi. Bunda jamoangiz markaziy himoyachilari raqibdan ustunligini namoyish qilib berdi. O'yindan oldin bu borada himoyachilarga qanday ko'rsatmalar bergandingiz?

- Biz barchamiz bir-birimizni taxlil qilib boramiz va yaxshi hamda yomon tomonlarimizni bilamiz. Rahmonov, Qobilov va Ivanovich orqali havodagi kurashlarda g'olib bo'lishimizni kutgandik. Ularga havodagi to'p uchun kurashda ustunlik qilishlarini aytgandik, bu tushunarli holat. O'tgan o'yinga qaraganda tarkibda o'zgarishlar bor edi. Bir kishi kam bo'lib qolganimizdan keyin Zoir Jo'raboev o'yinga qo'shildi. Qizildan keyin qanotlardan uzatmalar ko'p bo'lishini kutgandik. Raqiblarni markazdan qanotga qochirishga harakat qildik. Raqibdan bir kishi kam bo'lib qolgandan keyin faqatgina shu yo'l orqali sifatli himoyalanish mumkin edi va bu o'xshadi ham.  Faqatgina darvozabonning kichkina xatosi kuzatildi. Lekin biz o'yin davomida ushbu nuqtadan ko'p zarbalar berilishiga yo'l qo'ydik. Bu borada ishlash kerak. Buni taxlil qilib chiqamiz. Bizda boshqa ishlanishi kerak bo'lgan jihatlarimiz ko'p, lekin umumiy olganda biz o'yinni nazorat qildik va haqli g'alabaga erishdik. O'yin davomida raqib bizdan ustunlik qilgan paytlar bo'lmadi. Biz sifatli jamoamiz va qanday sifatli himoyalanishni ham bilamiz.

- Lyupcho Doriev ayni damda to'purarlar poygasida Igor Sergeev bilan kurash olib bormoqda va mavsumni eng yaxshi to'purar sifatida yakunlashi mumkin. Bu holatga qanday qaraysiz?

- Bizning futbolchi mavsum to'purari bo'lishi yoqimli holat bo'lardi. Lekin u professional va jamoa manfaati birinchi o'rinda ekanligini yaxshi biladi. Men ham hujumchi bo'lganman va menga ham ko'proq gol urish bosimi bo'lsa, ishlar o'xshamasdi. Shu sababli futbolchini bosimga qo'yish kerak emas. U o'z ishini qilsin va jamoaga etibor qaratsin. Umid qilamanki u ko'p gol ura oladi. Oldindagi 5ta o'yinda 15 ochko jamg'ara olishimizga ishonaman. Yomon o'tayotgan ushbu mavsumning kartinasini biroz bo'lsa-da, yaxshilay oldik. Chempionatda anchagina kechikdik, biroq umumiy o'yin sifatidan mamnunman. Natijalar esa doim ham yaxshi bo'lgani yo'q. Kubokning qo'ldan chiqqani esa achinarli holat bo'ldi. Endi faqatgina kelajakni o'ylash, ortga qaytmaslik kerak. Endi "Buxoro" bilan o'yinga tayyorlanishimiz kerak. Keyin kichik tanaffus bo'ladi. Jamoada sifatli futbolchilar ko'p, ular sifatli o'yin ko'rsata olishadi. Taslim bo'lmaymiz va faqatgina oldinga harakatlanamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 okt 00:47:44
Жамшид Jamshid
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Сендан биров сораяпдими сомса хД ухла эринг котми индамайдими сомса хД
Осмон рангим мани Кел битта киради гармон чиксаутиб кетади
   
18 okt 00:45:43
Жамшид Jamshid
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Сендан биров сораяпдими сомса хД ухла эринг котми индамайдими сомса хД
Ачиштирдимми ачишвотими нима дейишни билолмаяпсан курбакага у́хшаб ВАК ВАК килиб Кел битта тики ачишгани кетади вахахаха
   
18 okt 00:08:46
,Хаqiqiy Kazim.
Жамшид Jamshid foydalanuvchining fikriga javob berish
Бошковични у́рнига Даврон Файзиев яхширок. Сурхонни 2-1 га ютиш бу мактаниш эмас. Ёки бухорога ютказиш ку́п нарсани ку́рсатиб бу́лди.
Сендан биров сораяпдими сомса хД ухла эринг котми индамайдими сомса хД
   
18 okt 00:02:57
Жамшид Jamshid
Бошковични у́рнига Даврон Файзиев яхширок. Сурхонни 2-1 га ютиш бу мактаниш эмас. Ёки бухорога ютказиш ку́п нарсани ку́рсатиб бу́лди.
   
18 okt 00:00:52
Gol_Plus
Келаси мавсум хам колмокчими диман бу тентак
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика