So’nggi yangiliklar

16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  1 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  0 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  2 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  2 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  4 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  2 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  2

Vadim Abramov: "Bayramga muxlislarga sovg'a ulashmasak bo'lmasdi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bayramga muxlislarga sovg'a ulashmasak bo'lmasdi"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Buxoro" (4:1) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Yomon boshlamadik, hatto birinchi bo'lib gol urishimiz ham mumkin edi. "Buxoro" futbolchilari autdan to'pni uzoqqa yaxshi otadi, buni bilardik. Raqib standartlarda o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Bizga g'alaba juda zarur edi, chunki bugun Samarqand shahri kuni. Shunday bayramga muxlislarga sovg'a ulashmasak bo'lmasdi. Ko'rsatgan o'yinimiz ishqibozlarga yoqdi deb o'ylayman.

- Agar hisobga qarasak, "Dinamo" oson g'alaba qozongandek ko'rinadi. Ammo o'yinda ko'rdikki, oson bo'lmadi, raqib qattiq himoyalandi. Bu haqda nima deya olasiz?

- "Buxoro"da jismoniy holatga urg'u berish yaxshi yo'lga qo'yilgan va aytib o'tganimdek, "Buxoro" standart vaziyatlarga alohida etibor qaratadi. Biz qanotlarni kuchaytirish maqsadida o'yinchilarni almashtirdik. Kiritgan golimiz ajoyib chiqdi va shu bilan o'yinimiz ham ochildi. Qolaversa o'yinni ko'rgani terma jamoamiz bosh murabbiyi ham keldi, balki futbolchilar uning ko'z o'ngida yaxshi o'ynashga harakat qilgandir. Ko'p vaqt o'ynamagani sababli O'rozovning o'yini bugun qovushmadi. Keyingi bahslarda undan yaxshi o'yin kutib qolamiz. Yana olti kundan keyin maydonga tushamiz, tayyorgarlik ko'ramiz.

-  Firdavs Abdurahmonovning harakatlari haqida fikringiz?

- U Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi va bizga o'z klubimizdan chiqib kelayotgan yoshlar nihoyatda kerak. Firdavs terma jamoa ham o'ynayapti va bu bizni xursand qilmoqda.

- Anvar Hojimirzaev uchun oson kunlar bo'lmadi. Terma jamoaga chaqirildi, lekin o'ynamadi. "Dinamo"da ham gol urmay qo'ygandi, lekin bugun o'zini ko'rsatdi. 

- Shunday o'yinlar bo'ldiki, boshqa hujumchilarimiz jarohat olgan payt faqat Hojimirzaevning o'zi o'ynadi. Va ko'p uchrashuvlarda jamoamizga yordam berdi. Har doim ham omad kelavermaydi, buni to'g'ri tushunish kerak.

- Marko Stanoevich haqida

- Marko tajribali futbolchi, bugun chiroyli gol urdi. Uning jamoamizga foydasi tegishda davom etyapti.

- Ulug'bek Hoshimovni muxlislar iliq qarshi olishdi.

- Ulug'bek jarohat sabab ancha paytni o'tkazib yubordi. Lekin hozir yaxshi formada deb ayta olmayman. Baribir jarohatning o'rni bilinyapti. Shu bois asosiy tarkibda tushirmadik. Mirahmadov ham jarohat olishdan hayiqyapti.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика