Superliga. "Surxon" 7 o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti - Termiz klubida ruhiy "inqiroz"
18 okt 15:05
Yangiliklar


Superliga. "Surxon" 7 o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti - Termiz klubida ruhiy "inqiroz"
Superliganing 25-turiga kelib "Xorazm"ning 8 ta o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakunlangan bo'lsa, "Surxon"da vaziyat aksincha.
Jamoa kecha Jizzaxda "So'g'diyona"ga 3 ochko ulashdi. Termiz klubi chempionatda ketma-ket 7 ta o'yindan buyon g'alaba nimaligini bilmayapti. Fevzi Davletov shogirdlari oxirgi marotaba 18-turda o'z maydonida "Bunyodkor" ustidan zafar quchgan edi.
19-tur. "Qo'qon-1912" - "Surxon" 2:0
20-tur. "Surxon" - "Nasaf" 1:2
21-tur. "Navbahor" - "Surxon" 0:0
22-tur. "Surxon" - "Mashal" 0:0
23-tur. "Paxtakor" - "Surxon" 1:0
24-tur. "Surxon" - "Dinamo" 0:2
25-tur. "So'g'diyona" - "Surxon" 2:1
"Uchar tulporlar" ayni paytda turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi. Ular keyingi turni 27 oktyabr kuni o'z maydonida "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar