Messi faoliyatini qaerda davom ettirishini hal qildi
19 okt 11:35
Yangiliklar
Messi faoliyatini qaerda davom ettirishini hal qildi
Argentinalik hujumchi Lionel Messi hozirgi jamoasi "Inter Mayami" bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Kecha hujumchi xet-trik qayd etib, MLS muntazam chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi. Hujumchi 2023 yildan beri AQSHda o'ynab kelmoqda.
"Leo Messi "Inter Mayami" safida muntazam mavsumni 48 ta golli harakat bilan yakunladi, yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar esa hali yakunlanmagan. Messi klubda qolishi va yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda, yakuniy tafsilotlar aniqlashtirilmoqda", - deb yozdi futbol insayderi Fabricio Romano o'z ijtimoiy tarmog'ida.
Messi o'tgan mavsumda "Inter Mayami" bilan MLS muntazam chempionatida g'olib chiqqan edi. U 2023 yilda jamoa bilan Ligalar kubogida g'olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar