So’nggi yangiliklar

14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  3 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  3 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4

Mansur Saidov: “Yigitlar “Lokomotiv” bilan o'yinning qiymati yuqori ekanligini tushunib turibdi” Yangiliklar

Mansur Saidov: “Yigitlar “Lokomotiv” bilan o'yinning qiymati yuqori ekanligini tushunib turibdi”

Kuni-kecha Farg'onada “Neftchi” rasmiylari va ishqibozlar o'rtasidagi o'tgan ochiq mulokotda jamoaning vice sardori Mansur Saidov ham ishtirok etdi.

Yoshi ulug' otaxon ishqiboz Saidov tomon savol berar ekan jumladan shunday dedi: - Mansur jamoada sen bilan Akmal Xolmatovni o'rni katta. Jamoamizning o'yini ko'pincha shu ikki futbolchiga bog'liqligini bilamiz. “Lokomotiv” bilan o'yin 3 ochko emas balki, 30 ochkolik desa ham bo'ladi. G'alabaga umid qilsak bo'ladimi?

- Albatta. Navbatdagi bahs qiyin kechadi. Lekin biz o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Sizlarning qo'llab-quvvatlashlaring juda muhim. Yigitlar astoydil hozirlik ko'rmoqda. “Lokomotiv” bilan o'yinning qiymati yuqori. Buni juda yaxshi bilamiz. O'z maydonimizda muxlislarni g'alaba bilan xursand qilishga bor kuchni beramiz – deydi Mansur Saidov.

Eslatib o'tamiz, Mansur Saidov oliy liganing 15-turidan so'ng ikki o'yinga diskvalifikaciya qilingandi. SHu bois u ertangi bahsda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика