Mane PSJga qarshi birinchi o'yinda maydonga tushmaydi
18 noy 2022 16:06
Yangiliklar
Mane PSJga qarshi birinchi o'yinda maydonga tushmaydi
Gemraniya OAV jarrohlik amaliyotidan o'tgan "Bavariya" hujumchisi Sadio Manening tiklanishi tafsilotlarini elon qildi.
"Bild" xabariga ko'ra, 30 yoshli senegallik futbolchining to'liq reabilitaciyasi taxminan uch oy davom etadi.
SHu tariqa, Sadio CHempionlar Ligasi pley-off bosqichida Franciyaning PSJ jamoasiga qarshi birinchi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. O'yin 2023 yilning 14 fevraliga belgilangan.
Mane jarohat tufayli 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadigan 2022 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.
Senegallik joriy mavsum myunxenliklar safida 23 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar