Mane "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan Angliya Superkubogi o'yinini o'tkazib yuboradi
22 iyu 2019 13:21
Yangiliklar


Mane "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan Angliya Superkubogi o'yinini o'tkazib yuboradi
"Liverpul" forvardi Sadio Mane Angliya Superkubogi bahsini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
"Uning tatili 5 avgustga qadar davom etadi", - deydi jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp.
"Liverpul" va "Manchester Siti" o'rtasidagi Angliya Superkubogi final o'yini 4 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Mane yaqindagina yakuniga etgan Afrika Millatlar Kubogida Senegal terma jamoasi safida ishtirok etdi. Senegal finalda Jazoir (0:1) terma jamoasiga yutqazgan edi.
O’xshash yangiliklar
14:18
Nunesga italyan grandi qiziqmoqda. "Liverpul" hujumchi uchun 50-55 mln evro va bonuslar xohlaydi 1
10:52
"Real" Trentdan so'ng keyingi yil "Liverpul"ning yana bir asosiy himoyachisini tekinga olmoqchi 4

Fikrlar