"Manchester Yunayted"ning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda, oldinda "CHelsi" turibdi
26 fev 2021 07:10
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda, oldinda "CHelsi" turibdi
"Manchester Yunayted" Evropa ligasi doirasida "Real Sosedad" jamoasi bilan durang qayd etdi.
Manchesterliklar birinchi o'yindagi yirik g'alaba evaziga (4:0) keyingi bosqichga yo'l olishdi.
Ole-Gunnar Sulsher jamoasi bu orqali barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 8 taga etkazdi: 4 ta g'alaba, 4 ta durang.
So'nggi marta jamoa 27 yanvar kuni "SHeffild"ga yutqazgandi.
Endi jamoa navbatdagi o'yinini 28 fevral kuni APL doirasida "CHelsi"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0

Fikrlar