

Manchesterliklar birinchi o'yindagi yirik g'alaba evaziga (4:0) keyingi bosqichga yo'l olishdi.
Ole-Gunnar Sulsher jamoasi bu orqali barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 8 taga etkazdi: 4 ta g'alaba, 4 ta durang.
So'nggi marta jamoa 27 yanvar kuni "Sheffild"ga yutqazgandi.
Endi jamoa navbatdagi o'yinini 28 fevral kuni APL doirasida "Chelsi"ga qarshi o'tkazadi.




