"Manchester Yunayted"ning ikki o'yinchisi koronavirusga chalindi
07 mar 2022 11:16
Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ning ikki o'yinchisi koronavirusga chalindi
"Manchester Yunayted" ustozi Ralf Rangnik jurnalistlarga koronavirus sabab ikki futbolchi "Manchester Siti"ga qarshi derbini o'tkazib yuborganini aytdi.
Rangnik "qizil iblislar"ning "Siti"ga qarshi o'yinini musbat testlar sabab himoyachilar Rafael Varan va Lyuk SHou o'tkazib yuborganini xabar qildi.
Eslatib o'tamiz, kechagi o'yinda jarohat sabab Krishtianu Ronaldu va Edinson Kavani ham o'ynamadi.
MYU "shaharliklar"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi va APL jadvalida 5-o'ringa tushib ketdi.
Fikrlar