"Manchester Yunayted"ga PSJ futbolchisi kerak
18 mar 2019 22:44
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ga PSJ futbolchisi kerak
"Manchester Yunayted" PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Express" xabariga ko'ra, mankunianliklar ushbu mavsumdan keyin shartnomasi yakunlanadigan futbolchi bilan muzokaralarni boshlashga tayyor turibdi. Ular futbolchiga yuqori maosh taklif qilishmoqchi.
Hozirda Rabo uchun "Bavariya" hamda "Barselona" kabi jamoalar jiddiy tarzda kurashishmoqda.
Qayd etish kerak, Rabo 2019 yilda hali rasmiy o'yinlarda ko'rinish bermadi. U PSJ tarkibida so'nggi o'yinini 12 dekabr kuni o'tkazgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar