“Manchester Yunayted” yosh futbolchisini ijaraga berib yuboradi
13 jan 2023 22:04
Yangiliklar


“Manchester Yunayted” yosh futbolchisini ijaraga berib yuboradi
Ingliz klubi yosh o'yinchisi Zidan Iqbolni o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ijara asosida boshqa klubga qo'yib yuboradi.
19 yoshli futbolchi 9 yoshidan buyon “qizil iblislar” bilan birga. Uning asosiy jamoada o'z o'rniga ega bo'lish imkoniyati ancha cheklangan. Yarim himoyachi CHempionlar Ligasi doirasida “Yang Boyz”ga qarshi maydonga tushirilgandi. Joriy mavsumda u 11 o'yinni zaxiradan kuzatdi va maydonga tushirilmadi. SHu tufayli u boshqa joyda tajriba to'plash unga foydali bo'lishiga ishonmoqda.
"Mankunianlar" ustozi Erik ten Xag esa iroqlik futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar