"Manchester Yunayted" van de Bekning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda
30 avg 2020 16:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589602_original.jpg)
![](/upload/storage/589602_220.jpg)
"Manchester Yunayted" van de Bekning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda
"Manchester Yunayted" "Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek uchun kurashga qo'shildi.
Angliya klubi 23 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Oldinroq xabar berilganidek, "qizil iblislar" van de Bekning transferi uchun 40 mln evro taklif qilishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, futbolchi uchun bosh davogar "Barselona" hisoblanadi. Kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman xavbekni Ispaniyaga olib kelmoqchi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar