"Manchester Yunayted" Saulning o'yinlarini kuzatish uchun skautlarini yubordi
02 iyu 2020 18:00
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Saulning o'yinlarini kuzatish uchun skautlarini yubordi
Manchesterliklarga ispaniyalik futbolchi kerak.
"Atletiko" xavbeki Saul Niges yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. "Qizil iblislar" klub bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsherning qiziqishi sabab o'yinchining muvaffaqiyatlarini faol tarzda kuzatishmoqda.
Xabar qilinishicha, MYU 25 yoshli ispan uchun 80 million evrodan voz kechishga tayyor. Madridliklar esa o'yinchi bilan shartnomada ko'rsatilganidek 150 million evrodan kamiga xayrlashmoqchi emas.
Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi joriy mavsum "matraschilar" safida La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.
Fikrlar