"Manchester Yunayted" Milik uchun 70 million evro taklif qildi
14 sen 2020 18:23
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Milik uchun 70 million evro taklif qildi
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik "Manchester Yunayted" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
26 yoshli polshalik futbolchi 70 million evro evaziga "qizil iblislar"ning hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Napoli" bunga javoban Milikka shartlari malum qilinmagan yangi shartnoma taklif qildi. Forvardning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi yakunlangan mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar