"Manchester Yunayted" Mene uchun van-Bissakani sotishga tayyor
17 avg 2022 22:12
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Mene uchun van-Bissakani sotishga tayyor
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Toma Mene faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchini "Manchester Yunayted" sotib olishga harakat qilmoqda. Mankunianliklar uni tarkibiga qo'shib olish uchun Aaron van-Bissakani sotishga yoki ijaraga berishga tayyor. Ayni damda angliyalik futbolchini "Kristal Pelas" 10 million funt evaziga sotib olishga tayyor turibdi.
30 yoshli futbolchi uchun "Yunayted" 15 million evro to'lashga tayyor. O'tgan mavsumda Mene Bundesliganing 17 o'yinida qatnashib, 4 golga assist bo'ldi.
Fikrlar