"Manchester Yunayted" Koutino bilan muzokaralarning so'nggi bosqichini boshladi
14 jan 2019 17:47
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Koutino bilan muzokaralarning so'nggi bosqichini boshladi
"Sky Sports" axborotiga ko'ra, "Barselona" futbolchisi Filippe Koutino APLga qaytishga yaqin turibdi.
Unga ko'ra, "Manchester Yunayted" futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishgan va faqatgina uning transfer summasi borasida muzokaralar ketmoqda.
Koutinoning o'zi "Barselona"dan ketishga va asosiy tarkibni kafolatlayotgan "Manchester Yunayted"ga o'tishga rozi. Biroq "Barselona" transfer summani biroz ko'tardi. Unga ko'ra, "Yunayted" 140 million evroni transfer uchun "Barselona"ga, shuningdek, futbolchi APLga "Liverpul"dan boshqa jamoaga qaytayotgani uchun Mersisayd klubiga 20 million evro to'lashi kerak.
Tomonlar ushbu bandni muhokama qilishmoqda.
Fikrlar