So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси. Франция - Италия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  5 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  12 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   28 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  4 19:30Де Брюйне ФИФА ва УEФАни танқид қилди  4 18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  2 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  1 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  28 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  6

"Manchester Yunayted" hali ham rivojlanish yo'lidami? Yangiliklar

"Manchester Yunayted" hali ham rivojlanish yo'lidami?

Evropada 2020/21 yilgi mavsum yakuniga ham oz vaqt qolmoqda.

SHu boisdan endi bemalol mavsumni sarhisob qilishga, o'tgan voqeliklarni taxlil aylashga vaqt etib keldi. Garchi mavsum tugashiga bir tur qolgan bo'lsa-da, APLda ko'p narsalar oydinlashib bo'lgan. CHempion, vice-chempion, chempionshipga tushib ketadigan jamoalar va hokazo...

Bugungi etiborimizni "Manchester Yunayted"ga qaratamiz. Ser Aleks ketganidan buyon hali ham APL cho'qqisiga chiqa olmagan jamoa mana 8 mavsumdirki, APLda katta natijalar qayd eta olmayapti. Bir necha mavsum ilgari APLda 2-o'rinni olganidan keyin mankunianliklardan juda ko'p narsa kutishgandi. To'g'ri-da, 2-o'rin, 38 o'yinda o'tkazib yuborilgan 28 gol jamoaning keskin oldinga siljiganidan darak berishi kerak edi. Ammo navbatdagi mavsumda 6-o'rinni egallagan "Yunayted"ning ishlari yurishmadi. Mavsumning o'rtasida Mourino ketib, Sulsher bosh murabbiy bo'lganidan keyin muxlislarda umid uyg'ondi. Xo'sh, "Manchester Yunayted" hali ham rivojlanish yo'lidami?

Sulsher MYU boshqaruvidagi to'liq bo'lmagan 3 mavsum (to'liq 2) o'tkazdi va ularning barchasida o'sishni kuzatyapmiz. Mourinodan qolgan jamoa mavsumni 6-o'rinda yakunladi. O'tgan mavsumda 3-pog'ona, hozir esa 2. Undan tashqari, yana bir necha yaxshi faktlar bor. Masalan, o'tgan mavsumda jamoa 3ta yarim finaldan (Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi, Evropa ligasi) o'ta olmagan bo'lsa, bu safar Evropa ligasi finaliga yo'llanma oldi. Qayd etish kerak, jamoaning so'nggi sovrini aynan ushbu turnirda bo'lgan va bunga ham 4 yil o'tib ketdi. SHunday katta klubning 4 yil davomida sovrinlarsiz yurishining o'zi katta katastrofa bo'lsa kerak. Endi esa asta-sekinlik bilan jamoa oldingi mavqesini tiklashga harakat qilmoqda. Keling buni o'z talqinimizga ko'ra taxlil qilib ko'ramiz.

Darvozabonlar raqobati

"Manchester Yunayted"da 10 mavsum davomida asosiy posbon bo'lgan David de Xea ushbu mavsum o'z rolini Din Xendersonga topshirdi. O'tgan mavsum "SHeffild"da porlagan va Angliya termasiga chaqirilgan yosh darvozabon bunchalik tez asosiy posbon bo'lib olishni hech kim kutmagandi. SHunday bo'lsa-da, ispaniyalik va angliyalik kiper o'rtasida juda katta raqobatni ko'rdik. Bu esa MYU darvoza chizig'i yana ishonchli qo'llarga o'tayotganini anglatsa kerak. 

To'g'risini aytganda, de Xeaning o'zi ham so'nggi ikki mavsumni juda sust o'tkazdi. Bir mavsumda 5ta golli xatoga yo'l qo'yib, antirekord ham o'rnatgandi. JCHdan keyin ruxiy tushkunlikka tushib qolgan posbonga shu tariqa yordam berib, zaxira o'rindig'ida boshqalarni ko'rish uchun imkon taqdim qilish kerak edi. Sulsher esa Xendersondan foydalandi. Umuman olganda MYU hech qachon darvozabonlardan nolimagan. SHmeyxel, van der Sar, De Xea va ana endi Xenderson. Navbatdagi mavsumda David MYUda qoladigan bo'lsa, darvozabonlardagi o'sishni tasavvur qilavering.

Himoyadagi barqarorlik

Garri Maguayr kelganidan keyin "Manchester Yunayted" himoyasida tartib o'rnatildi. Ha, jamoaning mudofaasi unchalik zo'r turib bera olayotgani ham yo'q. Agarda "qizil iblislar" hujumchilari vaziyatlardan gol urib keta olishmaganida himoyadagi kamchiliklar ochilib qolardi. MYU deyarli har o'yinda gol o'tkazib yubordi va hatto 1:6 hisobidagi mag'lubiyatni ham ko'rdik. Mavsum boshida o'ziga kela olmagan mankunianliklar har ko'yga solindi. Keyinchalik ishlar joyiga tushganida himoya ham barqaror o'ynay boshladi. Tan olish kerak, Maguayr himoyaning dirijyori bo'lib turgandi. Usiz o'tgan o'yinlarda himoyachilarning xatolarini ko'rdik. "Liverpul" va "Lester" Maguayrsiz qolgan MYU "Old Trafford"da umumiy hisobda 6 gol kiritdi. Vaholanki, safarda ushbu jamoalar bilan durang o'ynalgandi.

Solishtiradigan bo'lsak, Sulsher jamoasi o'tgan mavsumda 36 gol o'tkazib yuborgandi. Ushbu mavsumda esa bu raqam 43ni tashkil qilmoqda. Demak, bu borada pasayish bor. Ammo himoya taktik tomonlama ajoyib o'ynamoqda. O'tgan mavsumdagiga qaraganda himoyachilarning hujumga o'tishi anchagina ko'paygan. Masalan, Lyuk SHou ushbu mavsumda umumiy 44 foiz, Aaron van-Bissaka esa 41 foiz vaqt davomida raqib yarim maydonida harakat qilgan va jamoasining hujumlariga munosib hissa qo'shgan.

Bu natijalarda ham aks etmoqda. O'tgan mavsumda SHou gol ham urmagan, assist ham bo'lmagandi. Van-Bissaka esa 4 assistni hisobiga yozdirib qo'ygandi. Ushbu mavsumda esa gol+pas tizimida SHou 1+5, van-Bissaka 2+4 natija qayd etmoqda.

Yarim himoyadagi kreativlik

Ko'plab jamoalar tajribali yarim himoyachilar atrofiga o'yinni quradi. Manchesterda markazda yaxshi tandem bor: Pogba-Fernandesh. Ular o'z kreativligi va kutilmagan qarorlari bilan ko'plab o'yinlarda jamoasi joniga oro kirmoqda. Keling, "Aston Villa"ga qarshi o'yinni eslaymiz. Jamoaning o'yini o'xshamayapti, hisob 1:0 "Aston Villa" oldinda. SHu payt Pogba raqib jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi va korpusi, yani, tanasi bilan to'pni yopganida raqibi uni chalib yiqitdi va penalti. Aynan shu gol ortidan mankunianliklar o'yin tashabbusini to'liqligicha qo'liga oldi va yana ikki gol urdi. "Everton" va "Tottenxem" maydonida ham deyarli shunday bo'lgandi. Yani, yarim himoyachilarning kreativligi ko'p holatlarda jamoaga g'alaba keltirmoqda.

Jamoadan "kalamushlar" ketkazib yuborildi

Futbolning o'zini tili bor. Yani, ayrim so'zlarni tarjima qilsangiz, to'mtoq so'zlar kelib qoladi: podacha, peredacha, konvert, pas... Deyarli barcha klublarda "kalamushlar", yani, "krysalar" bo'ladi. Buni qanday tariflashni bilmayman. MYUda esa shunday futbolchilar deyarli qolmadi. Aleksis, Yang, Lukaku kabi futbolchilar "Inter"ga berib yuborildi. SHuningdek, yana bir qancha futbolchilar ijaraga ketdi. Sulsher tarkibni shunday tozaladiki, MYU uchun qancha mehnat qilgani, oldin qanday futbolchi bo'lganiga qarab o'tirmadi. U ana shunday jamoani ichidan emiradigan, mag'lubiyatlarga sababchi bo'lib qoladigan futbolchilardan halos bo'ldi. Ahamiyat berayotgan bo'lsangiz, Sulsher ham Mourino kabi akademiya futbolchilariga ko'p etibor bermoqda. Yani, u ham tayyor yulduzlarni emas, yoshlardan yulduz yasash borasida ishlamoqda. "Lester"ga qarshi o'yinda ikkinchi tarkib o'ynadi va ular maydonda yomon ko'rinmadi. Ha, mag'lub bo'lishdi, lekin ular katta o'yinlar orqali pishishni boshlashdi. Bu esa kelajak uchun qo'yilgan juda katta asos bo'lishi katta ehtimol. O'z jamoasi uchun yonadigan futbolchilar barcha uchun kerak.

Barcha bir maqsad yo'lida birlashgan

Maydonga tushib, g'alabaga erishish - asosiy maqsad. Umuman olganda Sulsherning faoliyatidagi yagona top-klub aynan MYU hisoblanadi va u ushbu jamoa uchun jonini berishga tayyor inson. Ushbu mavsumda uning o'zi ham taktik tomonlama ancha o'sishga erishganini, o'zgarishlar orqali o'yinning borishini boshqa tomonga burib tashlaganligini ko'rdik. Mavsum davomida jamoa juda qiynaldi. Gol o'tkazib yuborib, katta kuch sarflash evaziga irodali g'alabalar qo'lga kiritildi. SHu boisdan bo'lsa kerak, mavsumni bir tekisda o'tkaza olgan mankunianliklar ikkinchi o'rinni naqd qilmagan bo'lsa-da, so'nggi o'yinlarini juda past tempda o'tkazdi. Ikki mag'lubiyat va bir durang. Bu nima degani? Sulsher 2-o'rinni ushlab qolinishini bilganidan keyin APLdan voz kechib, bor etiborini Evropa ligasi finaliga qaratib qo'ydi. Futbolchilar kuch tejab o'ynashayotganini hujumlarning kamligidan ham bilsa bo'ladi. Mavsum yakunida deyarli barchada shunday bo'lishi aniq. Biroq "CHelsi" va "Liverpul" kabi jamoalar so'nggi turlarda ECHLga chiqish uchun juda katta kuch sarflashiga to'g'ri keladi. Ular otni kechroq qamchiladi va barcha "dam olishga" ketayotgan paytida ular ishni boshlashdi. Bu esa 4 kundan keyin bo'ladigan final oldidan jamoaga katta plyus.

MYUni 4 yildan buyon finalda ko'rmadik. MYUni 4 yildan buyon sovrin yutganini ko'rmadik. Balki, jamoani navbatdagi mavsumlarda ko'plab g'alabalar, sovrinlar kutib turgandir.

Mirjalol Normatov

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика