"Manchester Yunayted" Germaniya terma jamoasi futbolchisini xarid qilmoqchi
21 okt 2019 14:10
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Germaniya terma jamoasi futbolchisini xarid qilmoqchi
MYU yozda Germaniyaning "Leypcig" klubiga jamoa forvardi Timo Verner borasida taklif bilan chiqishi mumkin.
"Qizil iblislar" shuningdek "Barselona" qiziqayotgan jamoa yarim himoyachisi Anxel Gomesni ham tarkibda saqlab qolishmoqchi.
Qayd etish kerakki, Vernerning klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yozda o'z yakuniga etadi.
Verner faoliyatini "SHtutgart"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Leypcig"ga 2016 yilda o'tgan edi.
Hujumchi 2017 yildan buyon Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar