“Manchester Yunayted” “Everton” darvozaboni Jordan Pikfordni sotib olmoqchi
12 iyu 2023 10:03
Yangiliklar
“Manchester Yunayted” “Everton” darvozaboni Jordan Pikfordni sotib olmoqchi
“Manchester Yunayted” darvozaboni Devid De Xea jamoada qolgan taqdirda ham Jordan Pikfordni sotib olmoqchi.
Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag “MYU”dan bu yozda De Xea bilan raqobatlashadigan yoki ispaniyalik yangi shartnoma imzolashga rozi bo'lmasa, uning o'rniga yangi darvozabon sotib olishini istamoqda.
Mersisaydliklar 29 yoshli darvozabonni taxminan 35 million evroga sotishga tayyor. Pikfordning o'zi ham “Manchester Yunayted”ga o'tishga qarshi emas.
U o'tgan mavsumda “Everton” safida APLda 37 ta o'yinda maydonga tushib va 10 ta o'yinda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar