"Manchester Yunayted" "Chivas" brendi bilan hamkorlik haqida e'lon qildi + Video

Tolibjon Qosimov
8 avg 2018, 21:44
"Manchester Yunayted" klubi yana bir hamkorlik borasida rasman e'lon qildi.

Klub Shotlandiyaning dunyoga mashxur "Chivas" (viski ishlab chiqaradi) brendi bilan ko'p yilga mo'ljallangan global hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

"Chivas"ning eng yaxshi viskilari "Old Trafford"ning V.I.P lojalariga qo'yiladi. Brendning reklamasi o'yin davomida chetdagi reklama shitlaridan joy oladi.



"Chivas" kompaniyasiga aka-uka Jeyms va Jon Chivaslar asos solishgan. Ular o'zlarining birinchi do'konlarini 19 asrda Aberdinda ochishgan. Bugungi kunda "Chivas" dunyoning yetakchi viski ishlab chiqaruvchi brendi hisoblanadi.

Ana shu hamkorlik munosabati bilan klub futbolchilari ishtirokida maxsus rolik tasvirga olindi.

Video
TAS-IX emas



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com