"Manchester Siti" xavbek Rodriga yangi shartnoma taklif qildi
28 mar 2022 15:18
Yangiliklar
"Manchester Siti" xavbek Rodriga yangi shartnoma taklif qildi
"Manchester Siti" yarim himoyachi Rodriga yangi shartnoma imzolashni taklif etdi.
O'yinchining amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
Klub Rodri bilan o'yinchi uchun yaxshilangan shartlar evaziga kelishuvni uzaytirmoqchi. "Siti" Rodriga haftasiga hozirgi 70 ming o'rniga 125 ming funt sterling taklif qilmoqda. SHartnoma 2026 yilga qadar uzaytirilishi kerak. 25 yoshli o'yinchining "Siti" taklifini qabul qilishi kutilmoqda.
Xavbek joriy mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar