"Arsenal" fantastik kambek amalga oshirib, penaltilar seriyasida "Manchester Siti"ni mag'lub qildi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi!

Administrator
6 avg 2023, 21:45
Angliya Superkubogida "Arsenal" "Manchester Siti"ni iroda bilan mag'lubiyatga uchratdi.

"Uembli" stadionida Angliya Superkubogi o'tkazildi. "Arsenal" va "Man Siti" o'rtasidagi bahsda londonliklar iroda ko'rsata olishdi. Hisobda ortda borayotgan "Arsenal" o'yinning 90+11 daqiqasida muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida esa 4:1 hisobida zafar quchdi va Angliya Superkubogi g'olibiga aylandi.

 "Manchester Siti" "Arsenal"  1:1

Penaltilar seriyasi: 1:4

Gol: Palmer 76, Trossard 90+11

Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel (Smit-Rou, 87), Saliba, Timber (Tirni, 76), Parti, Edegor, Rays (Nketia, 81), Xavertc (Fabiu Vieyra, 87), Saka, Martinelli (Trossard, 75).

Manchester Siti – Ortega, Uoker, Stounz, Ruben Diash, Akandji, Kovachich (de Bryuyne, 64), Grilish (Foden, 58), Bernardu Silva, Rodri, Xoland (Palmer, 64), Alvares.

Ogohlantirishlar: Parti (8), Arteta (17), Xavertc (27), Alvares (31), Gabriel (66).

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia