"Manchester Siti" tovon puli 75 mln evroga teng futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
29 iyul 2020, 11:30
"Sevilya" himoyachisi Diego Karlos "Manchester Siti" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Klub o'yinchi bilan tuzilgan shartnoma shartlaridan voz kechmaydi. Unda yozilishicha, Karlosning tovon puli 75 million evroni tashkil etadi.

Oldinroq Karlosga "Liverpul", "Bavariya" va "Barselona" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Diego Karlos o'tgan yilning yozida "Sevilya"ga "Nant"dan 15 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS