"Manchester Siti" Rahim Sterlingni Premer-ligadagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi
21 okt 2019 13:45
Yangiliklar


"Manchester Siti" Rahim Sterlingni Premer-ligadagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi
"Manchester Siti" jamoa etakchilaridan biri Rahim Sterlingga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Klub 24 yoshli ingliz futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi va unda futbolchining haftalik maoshi 450 ming funt sterling deb ko'rsatiladi.
Sterlingning klub bilan tuzgan 2018 yil noyabrdagi imzolangan shartnomasiga ko'ra futbolchi 2023 yilga qadar "shaharliklar" tarkibida qolishi ko'zda tutilgan.
Unga ko'ra Sterlingning haftalik maoshi 300 ming funtni tashkil etmoqda.
Hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar