"Manchester Siti" Milnerni 5 million funt evziga sotishga tayyor
Aslanov Jasurbek
16 sen 2014, 11:21
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jeyms Milner qishki transfer oynasida o'z jamoasini tark etishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati 28 yoshli ingliz futbolchisining xizmatlaridan foydalanmoqchi emas. "Siti" Milnerni 5 million funtga sotishga tayyor. Futbolchiga "Liverpul", "Arsenal" va "Everton" klublari qiziqish bildirishmoqda.