"Manchester Siti" Messini xarid qilish uchun 100 mln. funt sarflashga tayyor

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2017, 14:16
"Manchester Siti" "Barselona" hujumchisi Lionel Messini xarid qilish uchun 100 mln. sarflashga tayyor.

Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi hozircha rasmiy taklif yuborgani yo'q.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng yirik xaridga aylanadi. Avvalgi rekord "Manchester Yunayted"ga tegishli. MYU Pol Pogba uchun "Yuventus"ga 89 mln. funt to'lagan.

Messi "Barselona" tarkibida sakkiz karra Ispaniya chempioni, to'rt karra mamlakat Kubogi sohibi va Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun