"Manchester Siti" Kulibali uchun taklifni oshirdi
06 sen 2020 12:56
Yangiliklar


"Manchester Siti" Kulibali uchun taklifni oshirdi
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali "Manchester Siti"ning asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi.
"The Guardian" xabariga ko'ra, "shaharliklar" fullbek borasida yangi taklif tayyorlamoqda. Tomonlar bir necha kunlardan buyon muzokaralarda qatnashmoqda.
Aytilishicha, "Siti" Kulibali uchun avvaliga 60-70 mln evrolik taklif bilan chiqqan, biroq bu neapolliklarga maqul kelmagan. SHu boisdan ingliz klubi taklifni oshirmoqchi va navbatdagi summa 80 mln evroni tashkil qilishi mumkin.
O'tgan mavsumda Kulibali "Napoli" tarkibida 25 o'yinda qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar