"Manchester Siti" Gabriel Jezusga oshirilgan maosh bilan yangi shartnoma taklif qiladi
16 may 2020 12:40
Yangiliklar


"Manchester Siti" Gabriel Jezusga oshirilgan maosh bilan yangi shartnoma taklif qiladi
"Manchester Siti" yosh hujumchi Gabriel Jezusga yangi bitim taklif qiladi.
Xabarlarga ko'ra, klub 23 yoshli braziliyalik futbolchiga haftasiga 120 ming funt miqdoridagi shartnoma taklif qiladi (hozirda 90 ming).
Futbolchining rahbariyat bilan aloqalari juda yaxshi, shu sabab u "Man Siti"ning evrokuboklar uchun diskvalifikaciyasi va "Yuventus"ning qiziqishiga qaramay, klub bilan shartnomasini uzaytirishi katta ehtimol.
Jezus joriy mavsum "shaharliklar" libosida 39ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 9ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar