"Manchester Siti" Fergyusonni olib kelmoqchi
23 may 2023 23:53
Yangiliklar
"Manchester Siti" Fergyusonni olib kelmoqchi
"Brayton"ning 18 yoshli hujumchisi Evan Fergyuson "Manchester Siti"da Erling Xolandning o'rnini egallashi mumkin.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, ushbu mavsumdan keyin Erling Xoland jamoadan ketadigan bo'lsa, "shaharliklar" "Brayton" hujumchisi bilan muzokaralar o'tkazib ko'radi.
Ayni damda "Tottenxem" ushbu futbolchini asosiy transfer nishoni qilib belgilab olgan. Undan tashqari, u "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyuga ham maqul kelgan.
Fergyuson ushbu mavsumda APLning 17 o'yinida 6 gol urdi.
Fikrlar