Manchester Siti CHempionlar ligasidan chetlatilmasligi mumkin
10 iyu 2020 22:49
Yangiliklar
Manchester Siti CHempionlar ligasidan chetlatilmasligi mumkin
Gvardiola jamoasi Evropaning eng nufuzli turniridan chetlatilmaydi.
Bu haqda VVS Radio Manchester sobiq jurnalisti Ian CHizmen xabar bermoqda. Uning aytishicha, Sport arbitraj sudi (CAS) klubning appelyaciyasini qanoatlantirgan.
Eslatib o'tamiz, UEFA fevral oyida “Manchester Siti”ni moliyaviy feyr pley qoidalarini buzganligi uchun 30 million evro jarimaga tortib, ikki yilga evrokuboklardan chetlatgan edi.
CAS 8-10 iyun kunlari “shaharliklar”ning appelyaciyasini ko'rib chiqqandi. Dushanba, 13 iyul kuni bu borada yakuniy qaror elon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar