"Manchester Siti" "Barselona" futbolchisi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor
31 mar 14:45
Yangiliklar
"Manchester Siti" "Barselona" futbolchisi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor
"Manchester Siti" joriy mavsum yakunidan so'ng "Barselona"ning ispaniyalik xavbeki Pedri uchun katta miqdorda pul taklif qiladi.
"El Nacional" nashri malumotiga ko'ra, Manchester klubi 22 yoshli ispaniyalik futbolchini yozgi transfer oynasida safiga qo'shib olmoqchi. "Shaharliklar" o'yinchi uchun taxminan 100 mln evro to'lashga tayyor. Takidlash joizki, "Siti" Pedrini yozda klubini o'zgartirishi mumkin bo'lgan Kevin de Bryuynega o'rinbosar deb bilmoqda. Pedrining o'zi hozircha "Barselona"dan ketish istagini bildirmayapti.

Pedri ushbu mavsum "ko'k-anorranglilar" uchun Ispaniya chempionatida 28 ta o'yin o'tkazib, 4 ta to'p kiritdi hamda 4 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar