So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  2 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  1 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  3 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   1 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  9 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

"MANCHESTER SITI" - "BARSELONA" 0:2 Yangiliklar

"MANCHESTER SITI" - "BARSELONA" 0:2

Ushbu sahifa orqali "Manchester Siti" - "Barselona" uchrashuvining matnli translyaciyasi bilan tanishib borish mumkin.
                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                            YANGILASH


O'yinni esa siz uchun Abror Qodirov hamda Narzulla Saydullaevlar sharhlab borishdi. Xayrli oqshom! "SA"dan uzoqlashmang.

 "Barselona" keyingi bosqichga yo'l olish uchun katta imkoniyatga hosil qilib oldi. Mehmonda ikkita gol kiritib, o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.

90-daqiqa. TAMOM! FINAL XUSHTAGI CHALINDI. 

90-daqiqa.
Bu o'yinda hammasi malum. Bir kishi ko'p bo'lib o'ynayotgan "Barselona"ni to'xtatish uchun "Siti" bo'lishning o'zi kamlik qiladi. 

89-daqiqa! GOOOOOL! Dani Alvesh! Qanot himoyachisi bu vaziyatda haqiqiy hujumchilardek harakat qilib, Jo Xart oyoqlari orasidan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi - 0:2.

87-daqiqa.
"Man. Siti"ning hujumi. Silva to'pni jarima maydoniga etkazib berdi. Jeko tomon yo'llangan zarbani Valdes qaytarib yubordi. Har holda ingliz jamoasi osonlikcha taslim bo'layotgani yo'q.

86-daqiqa.
"Barselona"da o'zgarish. Fabregas o'rniga Roberto.

84-daqiqa. Jekoo! Zarbaaa!
Yo'q, o'yin qoidasi buzilgan ekan.

81-daqiqa.
"Barselona"ning pozicion hujumi va odatiy "tika-taka"si davom etmoqda. To'pni ulardan olib qo'ymas ekansan, g'alabani ham tortib ololmaysan. Hammasi juda oddiy. Lekin qiyin. Juda. 

79-daqiqa.
O'yin vaqti esa o'tib boryapti. Har bir o'tgan daqiqa "Barsa"ni g'alabaga yaqinlashtirmoqda. "Siti" murabbiylar shtabi-yu, muhlislariga Agueroning qadri qanchalar o'tayotganini tasavvur qilish qiyinmas.

77-daqiqa. Silvaaa! Ajoyib zarba edi!
Valdes ham nimalarga qodir ekanini namoyish etib berdi! Ajoyib vaziyat. Hisob esa o'zgarganicha yo'q.

76-daqiqi.
Xaver Maskeranoga sariq kartochka. Munosib edi u bunga.

75-daqiqa.
Har ikki jamoada da ham o'zgarish:  Negredo o'rniga Jeko, Sanches o'rniga Neymar.

72-daqiqa. Penalti mavzusiga qaytib...



70-daqiqa.
"Man Siti"ning kam sonli hujumlaridan birini Klishi yo'qqa chiqardi. Hujumni yakunlashning shu qadar ko'p variantlari bor ediki, Gael ulardan eng noto'g'rsini tanladi.

68-daqiqa.
Endi Dani Alveshning o'zi "shaxarliklar" darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. Birozgina aniqlik etishmadi. Aynan birozgina!

66-daqiqa.
Ux! Hozir hisob yiriklashishi mumkin edi. Dani Alveshning qanotdan erlatib uzatgan to'pini Xavi darvozaga aniq yo'llay olmadi.

64-daqiqa.
Samir o'yinni kuchaytirdi. Sezilarli darajada. Faol. Ancha faol franciyalik.

60-daqiqa.
"Man Siti"ning ikkinchi bo'limdagi birinchi hujumi. Nasrining zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

60-daqiqa.
CHap qanotda Pikega nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima to'pidan keyin Xart to'pni qaytarib yubordi.

57-daqiqa.
"Siti"da bir yo'la ikkita o'zgarish. Kolarov o'rniga Leskot. Navas o'rniga Nasri.

56-daqiqa.
Bir futbolchi kam bo'lib qolgan "Siti" darvozasi oldida hujumlar yomg'iri... Oh qanchalar qiyin hozir manchesterliklarga.

55-daqiqa.
Takroriy  vaziyatda Demicheles ishlatgan qo'pollik jarima madonidan tashqarida bo'lganga o'xshadi.

54-daqiqa. GOOOOOOOL! MESSI! LEO MESSI!

53-daqiqa.
Demichelesga qizil kartochka!

52-daqiqa.
Xavfli hujuuum! Messiga nisbatan qo'pollik! Penalti!

49-daqiqa.
"Barselona"ning navbatdagi hujumi ham huddi avvalgilari kabi yakunlandi - samarasiz.

46-daqiqa.
Birinchi bo'limda to'p maydonning qaysi nuqtalarida ko'proq ushlab turilganini ushbu surat orqali bilib olishingiz mumkin.



46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Kettik!

Darvoqe, "Bayer" - "PSJ" o'yinida esa hammasi malum bo'lib ulgurdi - 0:3. Betakror Ibragimovich birinchi bo'limning o'zida dubl qayd etib ulgurganini alohida takidlash lozim.

45-daqiqa. Hakam birinchi bo'limga hech qanday vaqt qo'shib bergani yo'q. Tanaffus.

43-daqiqa.
Yana Navas, yana Negredo, yana noaniq....

42-daqiqa. Ha, Germaniya klubi keyingi bosqchiga chiqmoqchi emas "Bayer" - "PSJ" 0:3... Yana Ibra

41-daqiqa.
Navas o'ng qanotdan to'p uzatdi, Negredov bir amallab to'pga etib oldi, biroq zarba chiqmadi.

40-daqiqa. Narigi o'yindan yangilik bor: "Bayer" - "PSJ" 0:2... nemislar keyingi bosqchiga chiqmoqchi emasmi? Bu golni Ibragimovich penaltidan urdi.

38-daqiqa.
Inesta boshlab bergan hujumni Sanches davom ettirdi, unga Demichelis imkon bermadi.

37-daqiqa. Ogohlantrish.
Aleksandr Kolarov

35-daqiqa.
Negredo gol urishni juda istamoqda. CHap qanotdan havolatib uzatib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq.

33-daqiqa.
Kompani mittigina Messini o'yin qoidasini buzib to'xtatdi. Jarima to'pini Messi amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi.

31-daqiqa. Xavi!!!! Xart!!! Qanday zarba va qanday seyv!
CHamasi 25 metrlardan yo'llangan to'pni Angliya terma jamoasi posboni qaytardi.

29-daqiqa.
Navbat "Barselona"ga. Kataloniyaliklarning yana uzoq vaqt to'pni bir birlariga uzatib turishdi, uni Messi noaniq zarba bilan tugatdi.

28-daqiqa. Ogohlantirish.
Alvaro Negredo

26-daqiqa.
Negredovning kuchli zarbasidan so'ng Valdes o'zini ko'rsatdi.

24-daqiqa.
Yana bir vaziyat! Valdes darvozasi oldida chinakamiga golga tortadigan vaziyat bo'ldi. Biroq darvozabon to'pga ega chiqdi.

22-daqiqa. Ogohlantirish.
Dani Alvesh

18-daqiqa.
Mana "shaharliklar" o'zlariga kelishmoqda. Silva bir harakat bilan raqib himoyachilarini "shok"ka tushurdi. Negredo esa o'tkir burchakdan turib darvozaga zarba berdi, to'p darvozaga parallel ravishda ketdi.

16-daqiqa.
"Siti"ning xavfli hujumi! Yaya Ture uchta raqibni aldab o'tib to'pni qanotga uzatdi, Navasning oshirgan to'pini Silva darvozaga yo'llashga urindi. Himoyachilar bunga imkon berishmadi.

14-daqiqa.
Maskerano o'z jarima maydoni ichida Negredoni to'psiz qoldirdi.

13-daqiqa.
Fabregasning chap qanotdan jarima maydoni ichiga oshirgan to'pi kuchlroq bo'ldi va Aleksis Sanches unga eta olmadi.

13-daqiqa.
To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik mehmonlar tomonida: 73%:27%

12-daqiqa.
"Barselona" uchrashuvdagi ikkinchi burchak to'pini amalga oshirdi. Xavining uzatib bergan to'pini Xart mushtlari bilan qaytardi.

11-daqiqa.
"Siti" qarshi hujumga o'tdi, noaniq pas va tamom.

10-daqiqa.
To'pni kataloniyaliklar raqibga berishni xohlashmayapti. Bahs xuddi "Nou Kamp"da bo'layotgandek...

7-daqiqa.
Ikkala jamoa extiyotkor o'yin namoyish etmoqda. "Barsa"ning uzoq davom etgan hujumi noaniq to'p uzatish tufayli uzilib qoli.

5-daqiqa.
Messi zarba yo'llasha urindi, himoyachilar unga imkon berishmadi.

4-daqiqa.
"Siti" oldinga o'tdi. Biroq Silvaga sherik topilmadi.

3-daqiqa. "Bayer" - "PSJ" uchrashuvida hisobni Matyuyidi ochdi - 0:1.

2-daqiqa.
"Barsa" hujumga o'tishga urinmoqda. Bu orada narigi o'yinda hisob ochildi!

00:45. O'YIN BOSHLANDI.

00:44. 
Mezbonlar safida Pablo Sabaleta va Fernandino bugun sariq kartochka olishsa javob bahsini o'tkazib yuborishadi.

00:42.
CHempionlar ligasi madhiyasi yangrab o'tdi. Demak o'yin boshlanmoqda.

00:40.
Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. 

00:20.
O'yin hakamlarini yana bir bor yodingizga solib o'tamiz.
Bosh hakam:
Yonas Eriksson  (SHveciya)
Qanot hakamlari:
Matias Klasenius  (SHveciya) , Daniel Vernmark  (SHveciya)
Qo'shimcha hakamlar:
Stefan Yuxannesson  (SHveciya) , Markus Strembergson  (SHveciya)
To'rtinchi hakam:
Daniel Gustavsson  (SHveciya)
UEFA delegati: 
Xenk Kesler  (Gollandiya)
Hakamlar kuzatuvchisi:
Xyu Dallas  (SHotlandiya)

00:18.
Maydon egalari tarkibida Samir Nasri, Yovetich va Jeko kabi futbolchilar o'z vaqtlarini kutib o'tirishibdi.

00:17.
Ikkala jamoaning asosiy tarkiblari bilan tanishib oldingiz. Mehmonlar safida Pedro va Neymar zaxirada qolishgan.
 
23:52. "Manchester Siti":
Jo Xart, Pablo Sabaleta, Vinsen Kompani, Martin Demikeles, Gael Klishi, Xesus Navas, Yaya Ture, Fernandino, Aleksandr Kolarov, David Silva, Alvaro Negredo.
Zaxira:
Kostel Pantilimon, Mika Richards, Joleon Leskott, Xavi Garsiya, Samir Nasri, Stevan Yovetich, Edin Jeko.
 
23:51. "Barselona":
Viktor Valdes, Dani Alvesh, Jerar Pike, Xaver Maskerano, Jordi Alba, Serxio Buskets, Sesk Fabregas, Aleksis Sanches, Lionel Messi, Andres Inesta.
Zaxira:
Xose Pinto, Mark Bartra, Adriano Korreyya, Aleksandr Song, Serxi Roberto, Pedro Rodriges, Neymar.
 
23:50.
Tarkiblar malum bo'ldi.

O'yin soat 00:45da boshlanadi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика