"Manchester Siti" 19 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
30 dek 2022 11:30
Yangiliklar
"Manchester Siti" 19 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Manchester Siti" "Veles Sarsfild" yarim himoyachisi Maksimo Perrone bilan shartnoma imzolamoqchi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano Twitter'da xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "shaharliklar" o'yinchi uchun shartnomada ko'rsatilgan 8 million evroni to'lashadi. Transfer 12 fevralda yakunlanadigan yoshlar o'rtasidagi Janubiy Amerika chempionatidan so'ng rasmiylashtiriladi.
19 yoshli Perrone "Veles"da 33ta o'yinda 3ta gol va 2ta assist qayd etdi. Tayanch xavbekining klub bilan shartnomasi 2023 yilning dekabrida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar
18:13
Aleks Fergyuson uning g'azabini qo'zg'ash badali qay darajada og'ir bo'lgani haqida gapirib berdi 4
Fikrlar