"Manchester Siti" 18 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolashga yaqin
22 iyu 2020 14:57
Yangiliklar


"Manchester Siti" 18 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolashga yaqin
"SHaharliklar" yosh o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Sofiyaning "Slaviya" jamoasi yarim himoyachisi Filipp Korstev faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Manchester Siti" Bolgariyaning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri bo'lmish 18 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolashga yaqin.
Korstev joriy mavsum Bolgariya birinchi ligasi doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan. Transfermarkt xavbekni 150 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar